Rossiya

AQShning Moskvadagi elchixonasi devorida Donbassda halok boʻlgan bolalar videosi koʻrsatildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishAktivistы proveli aktsiyu v pamyat o pogibshix detyax Donbassa u posolstva SSHA v Moskve
Aktivistы proveli aktsiyu v pamyat o pogibshix detyax Donbassa u posolstva SSHA v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Donbassda sakkiz yildan davom etayotgan mojaro oqibatida 117 nafar bola halok boʻlgan.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Faollar AQShning Moskvadagi elchixonasi binosida Ukraina harbiylarining xatti-harakatlari natijasida Donbassda halok boʻlgan bolalar aks etgan videoni namoyish etishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Aktsiya 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan. Videoda Donbassda halok boʻlgan bolalar uchun toʻliq javobgarlik amerikalik harbiylar zimmasida ekanini taʼkidlangan.
Faollarning soʻzlariga koʻra, ular bu video bilan dunyo hamjamiyatiga aynan Oq uy koʻp yillar davomida Ukraina hukumatini moliyalashtirib kelayotganini eslatishmoqchi boʻlishgan.
30 may kuni DXR SSVning sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi boshligʻi Dmitriy Kalashnikov Donbassdagi sakkiz yildan beri davom etgan mojaroda 117 nafar bola halok boʻlganini maʼlum qilgan edi. Shulardan 35 nafari 2022 yil fevralidan keyin halok boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0