Jamiyat

Energetika islohotlarining maqsadi tushuntirib berildi

© Sputnik / StringerZajjeniye gazovoy konforki
Zajjeniye gazovoy konforki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ijtimoiy normalarni kiritishdan maqsad - aholi uchun nisbatan arzon narxlarni saqlab qolish bilan birga, koʻp energiya isteʼmol qiladigan uy xoʻjaliklari (boylar) va biznes uchun narxlarni oshirish.
TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda boshlangan energiya islohotlarining asl maqsadi, hamda aholi uchun bu qanday oʻzgarishlarga olib kelishi AOKAda "Oʻztransgaz" va "Hududgaztaʼminot" AJ rahbariyati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Energetika va Moliya vazirliklari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida tushuntirib berildi.
Brifingda maʼlum boʻlishicha, ushbu islohotning asl maqsadi, aholi uchun nisbatan arzon narxlarni saqlab qolish bilan bir vaqtda, koʻp energiya isteʼmol qiladigan uy xoʻjaliklari (boylar) va biznes uchun narxlarni oshirish.
Birinchidan, aholi uchun ijtimoiy meʼyorlar kutilganidan ham ziyoda belgilanmoqda. Yaʼni, ijtimoiy norma miqdori elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha 250 kVt soatgacha, tabiiy gaz boʻyicha mavsumiylik nuqtai nazaridan kelib chiqib, aprel-sentyabr oylari uchun 200 kub metrgacha va oktyabr-mart oylari uchun 700 kub metrgacha oʻrnatiladi. Avvalroq elektr uchun oyiga 200 kVt.soat, gaz uchun esa 500 kub metrgacha ijtimoiy norma belgilanishi kutilgandi.
Ikkinchidan, aholi uchun ijtimoiy norma doirasidagi tariflarning arzonligi taʼminlanadi. 1 kVt soat elektr energiyasi isteʼmoli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 soʻm etib belgilanadi. 1 kub m tabiiy gaz isteʼmoli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 soʻm, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 soʻm.
Uchinchidan, boylar va biznes energiya isteʼmoli uchun qimmat toʻlaydi. Masalan, aholiga ijtimoiy normadan tashqari isteʼmol elektr uchun 1 kVt soat – 650 soʻm, gaz esa, har 1 kub metr uchun – 1 200 soʻm. Biznes esa elektr uchun har kVt soat uchun 600 soʻmdan, gaz uchun esa har kub m uchun 1150 soʻmgacha toʻlaydi. Alohida isteʼmolchilar - Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun tariflar yanada qimmatroq oʻrnatilgan.
Toʻrtinchidan, biznes uchun oldindan oriyentir va targetlar berilmoqda. Kelasi yil 1 apreldan biznes uchun elektr narxlari 700 soʻmgacha, gaz narxlari esa 1200 soʻmgacha oshiriladi. 2024 va 2025 yillarda tariflar faqatgina inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilib boriladi. Va nihoyat 2026 yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga oʻtiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.
Matbuot anjumanida "Oʻztransgaz" AJ boshqaruv raisi - Behzod Normatov "Hududgaztaʼminot" AJ boshqaruv raisi - Bahodir Eshmurodov Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari - Bobur Abdunazarov Energetika vazirining elektr energetika tarmogʻini isloh qilish boʻyicha loyiha ofisi direktori oʻrinbosari - Bahrombek Umarbekov Moliya vaziri oʻrinbosari - Jamshid Abroʻyev
Eslatib oʻtamiz, 31 may kuni Normativ - huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga Oʻzbekiston energetika tizimiga ijtimoiy norma tushunchasini kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi joylashtirilgan edi. Unga koʻra, aholi uchun elektr va gazdan foydalanishning ijtimoiy normasi belgilanadi. Normadan ortgan miqdor uchun ikki yoki undan ortiq baravar qimmatroq haq toʻlanadi.
Lampochka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Iqtisod
Birinchi iyuldan elektr va gaz boʻyicha tabaqalashtirilgan tariflarga oʻtiladi – tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0