Jamiyat

Jomboylik tadbirkor quyosh fotoelektr stantsiyasini ishga tushirdi

© MinenergoFermer ustanovil solnechnыe paneli na 60 kVt
Fermer ustanovil solnechnыe paneli na 60 kVt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Quyosh fotoelektr stantsiyasi yiliga qariyb 20 mln soʻmlik elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Jomboy tumanida quvvati 60 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushirildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspektsiya” xabar berdi.
Mamlakatdagi tadbirkorlar tomonidan ham yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash va uzluksiz elektr taʼminotini amalga oshirish maqsadida ekin maydonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilib, elektr energiyasini ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Toʻqqizboy” mahallasidagi “Oxalik oltin bogʻi mevasi” MCHJga qarashli hududga quyosh fotoelektr stantsiyasi oʻrnatildi. Ushbu stantsiya intensiv bogʻ va dala ekinlarini sugʻorish tizimi elektr qurilmalari uchun moʻljallangan.
Endilikda tadbirkor yiliga qariyb 20 mln soʻmlik elektr energiyasini iqtisod qiladigan boʻldi.
“Ishga tushirilgan loyiha natijasida yiliga 43,2 ming kVt.soat (19,44 mln. soʻmlik) elektr energiyasi tejaladi”, deyiladi xabarda.
© MinenergoFermer ustanovil solnechnыe paneli na 60 kVt
Fermer ustanovil solnechnыe paneli na 60 kVt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Fermer ustanovil solnechnыe paneli na 60 kVt
Yangiliklar lentasi
0