Jamiyat

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “buxanka” non narxi oshganiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Maksim BogodvidXleb
Xleb - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
1 iyundan boshlab Toshkent doʻkonlarida "buxanka" nonlarni 2 800 soʻmdan sotish boshlandi. MQKQ bu holat yuzasidan tezkor oʻrganish olib bordi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. 1 iyundan Toshkent shahri doʻkonlarida qolipli non (buxanka) narxi 1400−1600 soʻmdan 2800 soʻmgacha qimmatlashgani maʼlum boʻldi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (MQKQ) bu holat yuzasidan tezkor oʻrganish olib bordi.
Aniqlanishicha, "buxanka" non narxi Toshkent shahrida eng yuqori — 2800 soʻm, Qashqadaryoda viloyatida eng past — 1650 soʻm, respublika boʻyicha oʻrtacha narx esa 2250 soʻmni tashkil etmoqda.
Agentlik xabariga koʻra, un mahsuloti 2022 yil iyun oyidan boshlab birja savdolariga yetarli miqdorda qoʻyilmoqda va bu jarayon ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan. Respublikada un mahsuloti zaxirasi shakllantirilgan boʻlib, narx-navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda un savdolarga qoʻyib boriladi.
Xususan, iyun oyida 170 ming tonna un birjaga qoʻyilishi, bunda har bir non ishlab chiqaruvchi uchun teng sharoit yaratish maqsadida kichik lotlarda (3 tonnadan) qoʻyilmoqda. 1 iyun holatida 50,5 ming tonnadan ortiq un mahsuloti qoldigʻi mavjud boʻlib, avgust oyigacha un ishlab chiqarish uchun korxonalarda zarur don qoldigʻi mavjud.
“Non ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar hamda aholidan bu borada xavotirga tushmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan asoslanmangan maʼlumotlarga ishonib, sunʼiy ajiotaj vujudga keltirmasliklarini soʻrab qolamiz”, - deyilgan xabarda.
Qoʻmita bozorda sunʼiy tanqislik yuzaga kelishi va narxlarning keskin oshib ketish holatlari kuzatganda, ishonch telefoniga (71-207-47-00), Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi Call-markaziga (1159 qisqa raqam) yoki qoʻmitaning matbuot xizmatiga (71-207-47-00 (ichki 224) murojaat qilish mumkinligini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0