Kolumnistlar

NATO Ukrainadan soʻng Boltiqboʻyini alangaga tashlamoqchi

© Foto : NATOShtab-kvartira NATO v Bryussele
Shtab-kvartira NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya bilan doʻstona munosabatlarni inkor etayotgan Polsha va Boltiqboʻyi davlatlari, Ukraina stsenariysi boʻyicha demilitarizatsiyadan oʻtishga oshiqmoqda.
Shimoliy Atlantika alyansi “Ukraina sabogʻi” dan toʻgʻri xulosa chiqarmadi va Boltiq mintaqasida ongsiz ravishda eskalatsiya jarayonlarini davom ettirmoqda. NATOning Rossiya chegaralarida harbiy tomondan faollashuvi qandaydir bosqichda RFning kuch bilan javob berishiga sabab boʻlishi mumkin.
Boltiqboʻyi davlatlarida cheksiz “qilichlar raqsi” 30 maydan - 12 iyungacha NATOning Ramstein Legacy 2022 havo mudofaa qoʻshma kuchlarining Polsha, Litva, Latviya, Estoniya ishtirokidagi manevrlari bilan davom etmoqda.
Asosiy vazifalar - alyansning barcha qayd etilgan mamlakatlar havo kengliklarida raketa otishmalarini mashq qilish va raketaga qarshi mudofaa doirasida oʻzaro hamkorlik qilish. Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Norvegiya, Belgiya, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Italiya, Ispaniya va Turkiya qoʻshinlari ishtirok etmoqda.
Shu bilan birgalikda Shvetsiya hududida 5—17 iyun kunlari alyansga aʼzo 14 ta davlat, shuningdek, Finlyandiya va Shvetsiya qoʻshinlari ishtirokida NATOning Baltic Operations 22 yirik harbiy mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Asosiy vazifalar - desant operatsiyalari, artilleriya otishmalari, suv osti dronlari yordamida suv osti kemalariga qarshi kurash. Belgilangan maqsad- Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik koʻrishdir. Hozircha neytral boʻlgan Shvetsiyaning tayyorgarligi NATO Harbiy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Lens Landrum tomonidan allaqachon tekshirilgan.
Kuni kecha mintaqada alyansning eng yirik Defender Europe manevrlari tugadi(26 may), Namejs 2022 harbiy manevrlarining bahorgi bosqichi (27 may) va Boltiq dengizidagi harbiy dengiz floti mashqlari (30 may) yakunlandi. Avvalroq Amerikaning Center for Naval Analyses tahliliy markazi Kaliningrad viloyatiga mudofaaning toʻrtta muhim komponenti – “Iskandar” OTRK, Boltiq floti raketa kemalari, S-400 zenit-raketalarini yoʻq qilish uchun “profilaktik zarba” stsenariysini ishlab chiqdi va eʼlon qildi.
NATOning manevrlari va strategiyasidan qoʻzlagan maqsadi - harbiy mojaroning boshida Rossiya Qurolli Kuchlarini maksimal darajada zaiflashtirish, yaʼni oldindan zarba berishdir. Rossiya ittifoqning tajovuzkor rejalari va tayyorgarliklariga befarq qaray oladimi? Savol ritorik. Shu sababli, Boltiqboʻyi mintaqasi davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiyasi yakunlanganidan soʻng Rossiya harbiylarining demilitarizatsiya qilish uchun birinchi nomzodlarga aylanadi.

Yevropa yelkasiga sanchiladigan “fin pichogʻi”

Ukraina tajribasi Yevropa yetakchilarini hech narsaga oʻrgatgani yoʻq, ular mojaroning asl sababini – NATOning sharqqa kengayishini aniq koʻrmayotir. Yevropa diplomatiyasi rahbari Josef Borrel Yevropa Ittifoqi “Ukrainadagi kabi urush” ikki haftadan koʻp davom etmasligidan xavotirda. Goʻyoki, Ukraina mojarosi yumshoq kuch yetarli emasligi va harbiy kuch kerakligini isbotladi.
Borrel Yevropa Ittifoqining yagona armiyasini yaratishga chaqirdi. Gʻoya aslo yangi emas, teng va boʻlinmas xavfsizlik talablariga javob bermaydi va umuman istiqbolli emas. Taʼkidlash lozim, NATO kuchlari va rivojlangan milliy armiyalar oʻn yillar davomida Gretsiya va Turkiyaga Egeydagi bahsli orollarni boʻlish yoki demilitarizatsiya qilishga yordam bermagan. YEIning yangi armiyasi nimani oʻzgartiradi?
Germaniya kantsleri Olaf Sholts bugun “NATOga aʼzo davlatlar orasida Yevropadagi eng yirik anʼanaviy armiya”ni yaratishga vaʼda berdi. Eslatib oʻtaman, alyansning Yevropa mamlakatlari bugungi kunda jami ikki millionga yaqin askarga ega. Germaniya armiyasi (184 ming kishi) inglizlardan (194 ming) bir oz kamroq va italiyaliklardan (170 ming) bir oz koʻproq. Shu bilan birga, 2021-yil avgust oyida Pentagon va NATO mutaxassislarining katta qismi Afgʻonistondagi “havaskorlar” (Tolibon) tomonidan sharmandali zarba oldi. Armiya hajmi va samaradorligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik yoʻq.
AQSH armiyasining Yevropadagi guruhlari 100 ming kishiga yetdi. Eski Dunyoda amerikaliklar uch yuzga yaqin harbiy baza va obʼyektlarga ega: Germaniyada 123 ta, Italiyada 49 ta, Buyuk Britaniyada 22 ta, Turkiyada 14 ta, Ruminiyada 6 ta, Polsha va Vengriyada 4 ta, Slovakiyada ikkitadan, Estoniya, Gruziya va Latviyada bittadan. Roʻyxat toʻliq emas. Xulosa: Yevropada xavfsizlik va barqarorlik uchun etarlicha “shtik” mavjud, aql esa yetarli emas.
Alyans kengayishi uni kuchliroq qilmaydi, biroq yangi mojarolar maydoni paydo boʻlishini kafolatlaydi. NATOga neytral Finlyandiya va Shvetsiyaning aʼzo boʻlishida reallikdan uzoqlashish, transmormatsiya va telbalik belgilari bor.
Shimoliy Yevropaning ikkita farovon mamlakati aslida umuman mavjud boʻlmagan muammolarni hal qilish uchun harbiy alyansga aʼzo boʻlishga oshiqqan. Oqibatda esa, haqiqiy qurbonlar (Vashington manfaatlari uchun muqarrar boʻlgan qurbonlar)ga ega boʻladi. NATO kengayishi beʼmani mavjudligining alamlarini yanada koʻpaytiradi.
Yevropadagi ittifoq kuchlarining yangi amerikalik bosh qoʻmondoni Kristofer Kavoli yangi aʼzolikka nomzodlarni (Shvetsiya va Finlyandiya) “katta plyus va kichik tormoz” deb atadi. Ehtimol, u bu gʻoyani rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Qizigʻi shundaki, Kavoli rus tilini biladi, Pentagonning Fors koʻrfazi, Bosniya va Afgʻonistondagi operatsiyalarida qatnashgan va uning Prinston universitetidagi biologik dissertatsiyasining mavzusi “Yomgʻir chuvalchanglarining tuproqdagi shilimshiq mogʻorlar vertikal tarqalishiga taʼsiri”. Tayinlov Ukrainadagi voqealar fonida sodir boʻldi va general Kavoli allaqachon Ukraina doniga AQShning harbiy aralashuviga ruxsat bergan.

Skoukroft nomidagi Strategiya va xavfsizlik markazi (NATO bilan chambarchas bogʻliq) Bloomberg nashrida 1300 km uzunlikdagi Rossiya-Finlyandiya chegarasi NATO uchun “haqiqiy dahshat” ekanligini taʼkidladi. Adekvat amerikalik tahlilchilar faqat ikkita plyusni koʻrishmoqda – “birdamlik namoyishi” va “Moskva pozitsiyasiga zid ravishda kengayish”.
Biroq, kelajakda provokatsion va Rossiya Federatsiyasining xavfsizligiga tahdid soluvchi ittifoq chegaralarining konfiguratsiyasi Yevropa yelkasiga sanchilagan “fin pichogʻi” ga aylanishi yaʼni, harbiy mojaroni qoʻzgʻatishi mumkin. Pentagon allaqachon Finlyandiyaning Rossiya chegaralari yaqinida yangi bazalarni koʻrib chiqmoqda.
Rossiya munosabat bildirishni boshlagan- Gʻarbiy harbiy okrugda tezkorlik bilan 12 ta qoʻshin boʻlinmalari shakllanmoqda. Bu raketa polklarimi, tank brigadalarimi yoki Havo-desant qoʻshinlarimi- bizga qorongʻu. Biroq, ehtimoiy dushmanga bu kam koʻrinmaydi.
AQSH bilan harbiy mojaro taxmin qilingan taqdirda esa Rossiya birinchi navbatda dushman blokning qoʻshni davlatlari hududidagi barcha harbiy bazalari va obʼyektlarini zararsizlantirishga majbur boʻladi.
Qurollanish poygasi va harbiy-siyosiy notinchlik Boltiqboʻyi mamlakatlari( shu jumladan Finlyandiya va Shvetsiya ham) NATOning sharq va shimoliy sharqqa oʻylamasdan kengayishi va Rossiyaga asossiz tahdidlar uchun muqarrar jazo boʻladi.
Yevropa xavfsizligi muammolarini diplomatik (tinch va adolatli) yoʻl bilan hal qilish imkoniyatini istisno qilgan Shimoliy Atlantika ittifoqi Rossiyani boshqa barcha qonuniy vositalar bilan harakat qilishga majbur qilmoqda. Rim papasi Frantsiskning “NATOning Rossiya chegaralari yaqinida provokatsion hurishi” haqidagi fikrini davom ettirib, bashorat qilish mumkinki, agar yovuz “it”ning oʻzi ketmasa, uni albatta yanchib tashlashadi.
Yangiliklar lentasi
0