Rossiya

Putin “Qahramon ona” unvonini qayta tiklash gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi

© Sputnik / Mixail MettselPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu unvonga sazovor boʻlgan onalarga bir martalik bir million rubl toʻlanadi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Rossiya hukumati “Qahramon ona” faxrli unvonini qayta tiklash niyatida. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Roditelskaya slava” (Iftixorli ota-onalar) ordeni bilan taqdirlangan koʻp bolali oilalar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Umuman olganda prezidentning koʻp bolalari oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan farmonini yangilash va kengaytirishga kelishib oldik. Jumladan, buni alohida taʼkidlashni istayman, sovet davrlarida boʻlgani kabi “Qahramon ona” faxrli unvonini qaytarishga”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari bu unvonga sazovor boʻlgan onalarga bir martalik bir million rubl toʻlanishini qoʻshimcha qildi.
“Qahramon ona” unvori va ordeni SSSRda 1944 yilda taʼsis etilgan edi. U bilan oʻn yoki undan koʻproq bolani dunyoga keltirgan onalar oʻninchi farzandi 1 yoshga toʻlgan va qolgan bolalari hayot boʻlgan taqdirda mazkur orden bilan taqdirlangan. Mukofot egalariga qator imtiyozlar joriy etilgan.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 1944-1991 yillar davomida Oʻzbekistonda yuz mingga yaqin ona “Qahramon ona” ordeni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0