https://oz.sputniknews-uz.com/20220601/qurol-va-uning-oq-dorilarini-hadya-etish-taqiqlandi-24936498.html
Qurol va oʻq-dorilarni hadya etish taqiqlandi
Qurol va oʻq-dorilarni hadya etish taqiqlandi
“Qurol toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Oʻzbekistonda fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini hadya etish taqiqlandi.
2022-06-01T17:32+0500
2022-06-01T17:32+0500
2022-06-02T09:25+0500
jamiyat
qurol-yarogʻ
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/1e/18040467_0:126:3046:1839_1920x0_80_0_0_46d293d82ccc38ef70447091946630b9.jpg
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. “Qurol toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Oʻzbekistonda fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini hadya etish taqiqlandi.Fuqarolar va maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.Qonunda xizmat quroliga hamda fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar roʻyxatlari ham belgilandi.“Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarProkuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilandi. Ilgari faqatgina olib yurish mumkinligi koʻrsatilgan.Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishlarOʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish yoki musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emasligi belgilandi.Ov qilish va baliq ovlash, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/1e/18040467_172:0:2901:2047_1920x0_80_0_0_623d4e34bc8c40922b606d9a1609866a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qurol-yarogʻ
Qurol va oʻq-dorilarni hadya etish taqiqlandi
17:32 01.06.2022 (yangilandi: 09:25 02.06.2022) Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. “Qurol toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Oʻzbekistonda fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini hadya etish
taqiqlandi. Fuqarolar va maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Qonunda xizmat quroliga hamda fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar roʻyxatlari ham belgilandi.
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar
Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilandi. Ilgari faqatgina olib yurish mumkinligi koʻrsatilgan.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartishlar
Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish yoki musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emasligi belgilandi.
Ov qilish va baliq ovlash, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi.