Jamiyat

Vodorodda harakatlanuvchi transport ishlab chiqiladi - Innovatsiyalar vazirligi

© Commons.wikimedia / NbkfAvtomobil na vodorodnom toplive
Avtomobil na vodorodnom toplive - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalar uchun 1,78 mlrd soʻm ajratildi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda vodorod gazida harakatlanuvchi transport vositasining tajriba namunasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlum qildi.
Brifingda aytilishicha, vazirlik Kanada, Gollandiya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQShning muqobil energetikani rivojlantirish sohasidagi siyosati va ilgʻor tajribalari oʻrganib chiqqan.
Oʻrganish natijasida vazirlik taklifiga asosan prezidentning 5063-son qaror bilan Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini va Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
Markaz va respublika olimlari tomonidan vodorod vodorod ishlab chiqarish, saqlash, uzatish va undan energiya zahirasi sifatida foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishni oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Institut esa - vodorod energetikasi sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaxasisslarning xorijning yetakchi ilmiy muassasalarida stajirovka oʻtashini moliyalashtirish bilan shugʻullanadi.
Institutining qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish maqsadida vazirlik tomonidan 4 ta loyiha doirasida jami 1,78 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi.
Undan tashqari, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab, Toshkent davlat texnika universitetining “Muqobil energiya manbalari (vodorod energetikasi)” mutaxassiligi qabul kvotasi oshirildi va 3-kursdan boshlab shu mutaxassislikning 10 tasini “Vodorod energetikasi” yoʻnalishiga ixtisoslashtirildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2022 yil 25 mayda ishlab chiqilgan “Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Unga koʻra:
Quyoshning mujassamlashgan yorugʻlik oqimining issiqligi taʼsirida va katalizatorlar yordamida vodorod olish texnologiyasi yaratiladi va uning asosida 1700 gradus haroratda termokimyoviy usulda vodorod olish qurilmasining tajriba namunasi ishlab chiqiladi;
Suvni elektroliz usulida parchalab, vodorod gazini ajratib olish jarayonida qoʻllaniladigan mahalliy xomashyodan katalizator turlari yaratiladi;
Vodorod gazini saqlashga moʻljallangan mahalliy xomashyodan foydalangan holda metalgidridlar namunalari yaratiladi hamda ularda saqlanayotgan vodorodni ajratib olish va qoʻllash texnologiyasi ishlab chiqiladi;
Ammiak va vodorodli yoqilgʻi elementlaridan foydalangan holda vodorod gazida harakatlanuvchi transport vositasining tajriba namunasi ishlab chiqiladi;
“Yashil” vodorod yoqilgʻisidan issiqlik va elektr energiyasini olishga moʻljallangan tajriba-pilot qurilmasi yaratiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining deyarli 90 foizi qazib olinadigan uglevodorodlar hisobiga ishlab chiqariladi.Ushbu resurslarni isteʼmol qilishning hozirgi tendentsiyalari va hajmlari saqlanib qolgan taqdirda, mamlakatda qazilma uglevodorod zaxiralari keyingi 20-30 yilga yetadi.
Aytish joizki, vodorodda harakatlanuvchi avtomobillar texnik jihatdan oʻta murakkab hisoblanadi. Chunki ular aslida elektromobil, faqat elektr toki vodorod yordamida ishlab chiqiladi va batareyalarda jamlanadi. Keyin esa motorga uzatiladi. Ikkinchi muammo - vodorodli AYOQShlar qurish. Ehtimol, shu sababli vodorodli avtomobillar soni dunyoda juda kam - 2020 yilda - 33 mingda. 2020 yilda sotilgan elektromobillar soni esa - 3 milliondan ortiq. Lekin bularning barchasi jami sotilgan avtomobillarning 5 foizidan kam.
Quyida bugungi kunnning eng ommaviy vodorodli avtomobili (10 mingdan ortiq ishlab chiqilgan) Toyota Mirai qanday ishlashi haqida qiziqarli videolavhani tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0