https://oz.sputniknews-uz.com/20220602/aqshga-mustaqil-ukraina-kerak-emas--volodin-24952785.html
AQShga mustaqil Ukraina kerak emas – Volodin
AQShga mustaqil Ukraina kerak emas – Volodin
Rossiya Davlat dumasi raisi AQSH Ukrainani oʻzining mustamlakasiga aylantirishni, undan Rossiyani zaiflashtirish maqsadida foydalanishni xohlaydi, deb hisoblaydi. 02.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-02T12:02+0500
2022-06-02T12:02+0500
2022-06-02T12:02+0500
rossiya
vyacheslav volodin
ukraina
aqsh
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/02/24952736_0:0:3011:1694_1920x0_80_0_0_e131ebb6d38a8152fb7db50b5068601d.jpg
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. AQSH rahbariyati Ukrainani oʻzining mustamlakasiga aylantirishni, mamlakatdan barcha resurslarni olib ketish va undan Rossiyani zaiflashtirish maqsadida foydalanishni xohlaydi, deb hisoblaydi Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.Uning qayd etishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Amerika “demokratik, mustaqil, suveren va gullab-yashnayotgan Ukrainani” koʻrishni istashini aytgan.Volodin Ukrainada bu vaqt mobaynida xush kelmaydigan OAVlarni yopishgani, mustaqil jurnalistlarni oʻldirishgani, siyosiy partiyalarni taqiqlashgani, ukrain xalqi haqida korruptsiyaga botgan hukumatdagi hech kim qaygʻurmaganini qayd etgan.“Yoʻq, mustaqil Ukraina Vashingtonga kerak emas. AQSH rahbariyati uni oʻz mustamlakasiga aylantirishni istaydi. Mamlakatdan barcha resurslarni olib chiqish ketish va undan faqat Rossiyani zaiflashtirish maqsadida foydalanish”, - deya taʼkidlagan siyosatchi.Volodinning soʻzlariga koʻra, butun dunyo amerikacha demokratiya Liviya, Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Yugoslaviyada nimalarga olib kelganini koʻrgan.“Vashington ularni demokratik va gullab-yashnayotgan mamlakatga aylantirishni istagan bu davlatlardan hech biri naf koʻrmadi. Hammasi aksincha boʻldi. Bir paytlar rivojlanayotgan boʻlgan mamlakatlar xaosga choʻmib, xarobalarga aylandi, ular fuqarolari gumanitar halokatga duch kelishdi. Masalan, Afgʻonistonda 20 yil davomida Amerika qoʻshinlari boʻlgan davrda 250 mingdan ziyod tinch aholi halok boʻldi, aholi qashshoqlashdi”, - deya qayd etgan Volodin.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/02/24952736_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_9013879cf5ca4f7fc964ce8983722b39.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vyacheslav volodin , ukraina, aqsh
AQShga mustaqil Ukraina kerak emas – Volodin
Rossiya Davlat dumasi raisi AQSH Ukrainani oʻzining mustamlakasiga aylantirishni, undan Rossiyani zaiflashtirish maqsadida foydalanishni xohlaydi, deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. AQSH rahbariyati Ukrainani oʻzining mustamlakasiga aylantirishni, mamlakatdan barcha resurslarni olib ketish va undan Rossiyani zaiflashtirish maqsadida foydalanishni xohlaydi, deb hisoblaydi Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Uning qayd etishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Amerika “demokratik, mustaqil, suveren va gullab-yashnayotgan Ukrainani” koʻrishni istashini aytgan.
“Davlat toʻntarishidan keyin amerikalik maslahatchilar va instruktorlar amalda Kiyev rejimini boshqargan paytda Ukrainani demokratik, mustaqil, suveren va gullab-yashnayotgan mamlakatga aylantirish uchun AQShning sakkiz yil vaqti boʻlgan. Biroq ulkan salohiyatga ega boʻlgan mamlakatni, Ukrainani rivojlantirish oʻrniga talashdi”, - deya yozdi Rossiya Davlat dumasi raisi oʻzining telegram kanalida.
Volodin Ukrainada bu vaqt mobaynida xush kelmaydigan OAVlarni yopishgani, mustaqil jurnalistlarni oʻldirishgani, siyosiy partiyalarni taqiqlashgani, ukrain xalqi haqida korruptsiyaga botgan hukumatdagi hech kim qaygʻurmaganini qayd etgan.
“Yoʻq, mustaqil Ukraina Vashingtonga kerak emas. AQSH rahbariyati uni oʻz mustamlakasiga aylantirishni istaydi. Mamlakatdan barcha resurslarni olib chiqish ketish va undan faqat Rossiyani zaiflashtirish maqsadida foydalanish”, - deya taʼkidlagan siyosatchi.
Volodinning soʻzlariga koʻra, butun dunyo amerikacha demokratiya Liviya, Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Yugoslaviyada nimalarga olib kelganini koʻrgan.
“Vashington ularni demokratik va gullab-yashnayotgan mamlakatga aylantirishni istagan bu davlatlardan hech biri naf koʻrmadi. Hammasi aksincha boʻldi. Bir paytlar rivojlanayotgan boʻlgan mamlakatlar xaosga choʻmib, xarobalarga aylandi, ular fuqarolari gumanitar halokatga duch kelishdi. Masalan, Afgʻonistonda 20 yil davomida Amerika qoʻshinlari boʻlgan davrda 250 mingdan ziyod tinch aholi halok boʻldi, aholi qashshoqlashdi”, - deya qayd etgan Volodin.