Iqtisod

Birja savdolariga qoʻyilayotgan shakar hajmi 3 000 tonnagacha oshiriladi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSaxar
Saxar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻshni va boshqa MDH mamlakatlarida shakar taqchilligi bilan bogʻliq muammo yuzaga kelmoqda.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Shakarga boʻlgan talabning mavsumiy oshishi sharoitida birja savdolariga chiqariladigan shakar hajmi iyun oyidan boshlab 50 foizgacha oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi maʼlum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston bozorlarida shakar narxining oshishi yuzasidan koʻplab xabarlar tarqaldi.
Aytilishicha, bugungi kunda ichki bozorda 1 kg shakarning oʻrtacha narxi 9 500 – 13 000 soʻm doirasida shakllanmoqda. Ayrim savdo nuqtalarida shakar narxining 14 000 soʻmgacha koʻtarilgani kuzatilgan.
“Qoʻshni va boshqa MDH mamlakatlarida shakar narxi 52 foizga (14 000 soʻmdan 21 000 soʻmgacha) oʻsishi bilan bir qatorda, ushbu mahsulot taqchilligi bilan bogʻliq muammo va xatarlar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, mamlakat ichidagi narxlarni qoʻshni davlatlardagiga nisbatan keskin farq qiluvchi darajada saqlab qolishning deyarli imkoni yoʻq.
Mamlakatda shakar ishlab chiqarish hajmi yanvar-may oylarida oʻtgan yil shu davriga nisbatan 35 ming tonnaga oshgan. Yaʼni taklif hajmi oshganligiga qaramay (birja orqali sotilgan hajm 177 ming tonnadan 186 ming tonnagacha koʻpaygan) shakar narxi, asosan, tashqi omillar taʼsirida oʻsishi kuzatilgan.
Vazirlik izohida aytilishicha, respublikada shakar tanqisligi mavjud emas va ichki bozorni yil yakuniga qadar shakar bilan toʻyintirish boʻyicha barcha zaxiralar yaratilgan.
Unga koʻra, birjadagi savdolarga qoʻyilayotgan shakar hajmi amaldagi 2 000 tonnadan 3 000 tonnagacha oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0