TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.Toshkent xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar oʻrtasida qisqa suhbat boʻlib oʻtdi.Soʻng Rahmon “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va meʼmoriy xususiyatlari haqida soʻzlab berildi.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonga kelgan oliy darajadagi mehmonlar tomonidan ushbu monumentga gul qoʻyish marosimi anʼanaga aylangan.Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga tashrifi 2-3 iyun kunlari davom etadi.Kun tartibidan Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikning ustuvor sohalarida amaliy saʼy-harakatlarni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, energetika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda anʼanaviy yaqin hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishlari koʻzda tutilgan.Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.
Toshkent aeroportida Tojikiston rahbarini prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar oʻrtasida qisqa suhbat boʻlib oʻtdi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi
Soʻng Rahmon “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va meʼmoriy xususiyatlari haqida soʻzlab berildi.
Prezident Tadjikistana Raxmon Emomali pribыl v Uzbekistan
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonga kelgan oliy darajadagi mehmonlar tomonidan ushbu monumentga gul qoʻyish marosimi anʼanaga aylangan.
Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga tashrifi 2-3 iyun kunlari davom etadi.
Kun tartibidan Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikning ustuvor sohalarida amaliy saʼy-harakatlarni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, energetika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda anʼanaviy yaqin hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishlari koʻzda tutilgan.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.