Yevropada eng katta armiyaning paydo bo‘lishi kimga xavf tug‘diradi?

CC BY 2.0 / Steffen Voß / BundestagZdanie Bundestaga v sentre Berlina, Germaniya
Zdanie Bundestaga v sentre Berlina, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
“Amerikaliklarni ichkarida, Rossiyaliklarni tashqarida, Germaniyani esa nazorat ostida saqlang”, degan edi General Ismey.
Moskva kansler Olaf Sholsning “Germaniya NATO a’zolari orasida Yevropadagi eng katta oddiy armiyaga ega bo‘lishi" haqidagi yuksak ruhda aytilgan bayonotiga javob qaytardi. Sergey Lavrovning aytishicha, Germaniya YeIning “asosiy harbiy kuchi” sifatidagi so‘zlari GFRda “hukmronlikka intilishlar” jonlanganidan dalolat beradi. Vazir har doimgidek, so‘zlarni o‘ta sinchkovlik bilan tanlaydi, biroq “hukmronlik” atamasi aslida “gegemonlik” so‘zining yengil ko‘rinishi xolos.
Shu bilan birga, bir necha hafta oldin Lavrov “hokimiyatga amaldagi hukumat kelganidan so‘ng Germaniya mustaqillikning so‘nggi belgilarini yo‘qotdi”, deb ta’kidlagan edi. Bu yerda aniq-qarama-qarshilik yo‘qmi? Agar mamlakat mustaqil bo‘lmasa, qanday qilib hukmronlikka da’vo qilishi mumkin? Biroq, Yevropaning hozirgi ahvoli shundayki, unga hamma narsa bo‘lishi mumkin, hammasi o‘zgaradi va bir paytning o‘zida kelajak uchun bir nechta variantlar ochilmoqda.
Albatta, Shols “GFR va uning ittifoqchilari xavfsizligini sezilarli mustahkamlash” uchun NATO doirasidagi Yevropadagi eng katta armiyani va’da qilib shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Kansler Yevropa deganda nimani nazarda tutganini tushuntirmadi va bu bilan Bundesverning yaqinlashib kelayotgan o‘sishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lishiga imkon yaratdi. Hozirda bu armiya 180 mingga yaqin harbiy xizmatchiga ega- Fransiya Qurolli Kuchlarida esa 210 mingga qarshi.
Qisqa vaqt ichida nemis armiyasining sonini 15-20% ga oshirish mumkin. Biroq yagona masala – bu narx (ya’ni maoshlar emas, balki infratuzilma va harbiy texnika narxi).
Lekin NATOda va deyarli Yevropada (Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod sifatida) Turkiya va uning yarim milliondan ortiq armiyasi ham bor. Mag‘lubiyatga uchragan Germaniyada bunday armiya hech qachon bo‘lmagan: unda eng ko‘pi 450 ming kishiga yetgan. Agar nemislar turk armiyasidan ham ko‘p sonli bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsa, bu ishni tubdan o‘zgartiradi.
Rossiya uchun emas, balki NATO va YeI uchun o‘zgartiradi. Chunki urushdan keyingi butun Atlantika dunyosi tartibi, G‘arbning birligi NATOning birinchi bosh kotibi ifodalagan oddiy formulaga asoslanadi. General Ismey: “Amerikaliklarni ichkarida, Rossiyaliklarni tashqarida, Germaniyani esa nazorat ostida saqlang”, degan edi. Germaniya anglo-sakslarga, hech bo‘lmaganda harbiy jihatdan qaram bo‘lib turar ekan, hammasi juda oddiy (atlantikachilar uchun). Aynan shuning uchun ham hech qanday umumevropa armiya bo‘lishi mumkin emas, axir GFRning Yevropadagi mavqeyini hisobga olsak, bu armiya nemislarniki bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi esa Yevropaning anglo-sakslardan mustaqil bo‘lishi uchun muhim jarayon bo‘ladi.
Biroq, Germaniyani nazorat ostida ushlab turish uchun uni muntazam qo‘rqitib turish kerak- mana hozir uni Rossiya bilan qattiq qo‘rqitib yuborishdi.
Ayni damda ba’zi anglo-sakslarga go‘yoki ular Rossiyani nafaqat Yevropadan chiqarib tashlagandek va hatto Rossiya va YeI orasida haqiqiy geosiyosiy "temir parda" tortishga va barcha tirqishlarni betonlab tashlashgan muvaffaq bo‘lgandek tuyulmoqda
. "Pardani" esa ular, Germaniya manfaatlariga zid ravishda, polyaklar va shvedlarni va boshqalar yordamida qurishmoqchi. Nemislarni esa ko‘p yillardan buyon Putin bilan murosa qilgani va uning takliflariga rozi bo‘lishgani uchun, hali ko‘p marta turtkilashadi.
O‘z navbatida, Germaniya ham bunga qo‘l qovushtirib tura olmaydiku. U ham axir Yevropaning xavfsizligini mustahkamlashdek umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishi kerak.
Yoki fevral oxirida Shols aytganidek, Germaniyaning "katta bo‘lish" vaqti kelgan. Ya’ni u nafaqat Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlikdan voz kechishi, balki mudofaa xarajatlarini oshirish va Sharqiy Yevropada harbiy ishtirokini kuchaytirishi kerak.
Yevropadagi eng katta armiya haqida so‘zlar esa keyingi qadam bo‘ldi. Garchi Shols turk armiyasini ham Yevropaniki deb hisoblamagan bo‘lsada. Anglo-sakslarni nemislarning tayyorgarligiga esa hech nima bilan e’tiroz bildira olmaydi: yillar davomida ularning o‘zlari Berlinni qurol-yaroqqa ko‘proq pul sarflashga undab kelgan. Endi esa uni Ukrainaga arzimas miqdorda qurol yetkazib berishda tanqid qilishmoqda.
Bundesverning ozroq o‘sishi anglo-saksonlarning Yevropa ustidan nazorat qilishiga tahdid qilmaydi. Bazalar va yadro qurollari hamon Amerikaniki, milliy armiyalar ustidagi qo‘mondonlik ham aslida NATOning qo‘lida.
Biroq, hammasi ham bu qadar oson emas.
Chunki nemislar buni uzoq yillar Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun polyaklardan uyalayotganidan qilayotgani yo‘q. Yo‘q, ular shunchaki Yevroittifoq ustidan nazoratni yo‘qotishni xohlamaydi. Bu nazorat endi iqtisodiy va mafkuraviy bo‘lishi kerak. Ha, eng katta armiya - YeIni kim qaysi tomonga yetaklayotgani borasidagi bahsda - yaxshi argument: "nemislar yevropaliklarni nafaqat ta’minlayapti, balki himoya qilyapti ham", degan ma’noni anglatadi. Albatta, aksariyat buning quruq gap ekanligini yaxshi tushunadi: 200 ming kishilik armiya, kam sonli harbiy-havo kuchlari va dengiz floti bilan kimni nimadan qutqara olishi mumkin? Biroq, bu yerda Yevroittifoq ustidan nazorat uchun jang ketapti, shu jumladan propaganda darajasida ham.
Berlin uchun anglo-sakslarga YeIda o‘z ta’sirini kuchaytirish imkoniyatini bermaslik kerak. Rossiyaga qarshi birlashish esa bunday imkoniyatni beradi. Xuddi o‘sha Polsha Germaniyaning Yevropa Ittifoqidagi ta’siriga qarshi eng muhim muvozanat sifatida qaraladi, va shuning uchun tabiiyki, Berlin raqiblarini nemislarni qo‘rqoqlik va xavfli patsifizm uchun qoralash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Shuning uchun Lavrov GFR hukmronlik pozitsiyasi haqida gapirganda haq edi. U o‘z pozitsiyasini mustahkamlash emas, balki ularni himoya qilish istagi bilan izohlanadi. Shu bilan birga suverenitet qoldiqlarining yo‘qolishi ham ahamiyatga ega:
Germaniyani Rossiya bilan aloqalarini uzishga chaqirishmoqda va bu uzilish agar Berlin o‘zini jahon sahnasida to‘laqonli va mustaqil ishtirokchi sifatida his qilsa, imkonsiz bo‘lar edi.
Qolaversa, Germaniyaning YeIda hukmronlikni saqlab qolish istagi anglo-sakson loyihasi uchun qiyin narsa emas. Chunki YeIning o‘zi Atlantika elitalari (anglo-sakson va Yevropa) nazorati ostidadir. Ya’ni shundoq ham nazorat ostida bo‘lgan Yevropaga nisbatan kuchli va mustaqil Germaniya – anglo-saksonlarni qoniqtiradigan xuddi o‘sha yevrointegratsiyasiga to‘g‘ri keladi. Hozircha, albatta. Chunki ertami, kechmi savol baribir aniq-ravshan qo‘yiladi.
Yevrointegratsiyaning ikkita bo‘lajak ssenariysi bor (uchinchi reja- ya’ni rejaning yo‘qligi va YeIning qo‘lashini hisobga olmaganda). Birinchisi- Atlantikaning har ikki tomonlama integratsiyalashuviga o‘tish- boshqacha aytganda, iqtisodiy NATOni ham yaratish (bundan o‘n yil oldin Transatlantik savdo va sarmoyaviy sheriklik orqali amalga oshirishga harakat qilishgan edi). Ikkinchisi- Yevroittifoqning mustahkamlanishi uning mustaqil kuch markazga aylanishi (harbiy jihatdan ham), NATOning tugatilishi va yagona G‘arbning parchalanishi.
Ikkinchi ssenariyni Germaniyaning to‘liq mustaqilligiga erishmasdanq turib amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun ham nemis armiyasining o‘sishi jiddiy ahamiyat kasb etadi. Rossiyaning Yevropadan o‘chirilishi (vaqtinchalik bo‘lsa ham) nafaqat Germaniya ustidan nazorat qilishdek vazifani bekor qilmaydi balki u anglo-saksonlar uchun ustuvor vazifaga aylanadi.
Faqat bir narsa tushunarsiz: ular “Rossiya tahdidi”ning o‘sishi nemis armiyasining kamayishiga sabab bo‘lishini yevropaliklarga qanday qilib tushuntiradi? Va shu bilan birga baron Ismay aytgan haqiqatni eslamasdan turib.
Yangiliklar lentasi
0