https://sputniknews-uz.com/20220602/ozbekiston-24952498.html
Oʻzbekiston ilk bor Karachi porti orqali yuk joʻnatdi
Oʻzbekiston ilk bor Karachi porti orqali yuk joʻnatdi
Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilgan, soʻngra u Hindistonga yoʻl olgan. 02.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-02T12:15+0500
2022-06-02T12:15+0500
2022-06-02T13:22+0500
iqtisod
hindiston
oʻzbekiston
pokiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/01/21180296_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_d44ddc81d84cd73baca59f84309b74ea.jpg
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun Oʻzbekistondan tranzit yuk joʻnatdi. Bu haqda “Hellenicshippingnews” xabar berdi.Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilib, soʻngra Hindistonga yoʻl olgan.Qayd etilishicha, port uchun bu “muhim bosqich” va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.2022 yilning fevral oyida ratifikatsiya qilingan ikki tomonlama shartnoma asosida yuklar tranziti Pokiston kompaniyalaridan biri (ICTSI) tomonidan amalga oshirilgan.Kompaniya boshqa davlatlar ham ushbu yoʻnalishdan Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishda foydalanishiga umid bildirdi.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda bir necha yillardan buyon janubiy yoʻnalishlarning tashqi savdodagi rolini oshirish choralari koʻrilmoqda. Qayd etilishicha, bu dengiz portlariga tezroq va arzonroq yoʻldir.Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Pokiston Oʻzbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi. 2022 yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor Oʻzbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afgʻoniston orqali tranzit qilib joʻnatgan.
oʻzbekiston
pokiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/01/21180296_159:0:2890:2048_1920x0_80_0_0_cc5c6e63cf7f0e8718bb29c5857ec4fc.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
hindiston, oʻzbekiston, pokiston
Oʻzbekiston ilk bor Karachi porti orqali yuk joʻnatdi
12:15 02.06.2022 (yangilandi: 13:22 02.06.2022) Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilgan, soʻngra u Hindistonga yoʻl olgan.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun Oʻzbekistondan tranzit yuk joʻnatdi. Bu haqda “Hellenicshippingnews”
xabar berdi. Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilib, soʻngra Hindistonga yoʻl olgan.
Qayd etilishicha, port uchun bu “muhim bosqich” va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.
2022 yilning fevral oyida ratifikatsiya qilingan ikki tomonlama shartnoma asosida yuklar tranziti Pokiston kompaniyalaridan biri (ICTSI) tomonidan amalga oshirilgan.
Kompaniya boshqa davlatlar ham ushbu yoʻnalishdan Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishda foydalanishiga umid bildirdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda bir necha yillardan buyon janubiy yoʻnalishlarning tashqi savdodagi rolini oshirish choralari koʻrilmoqda. Qayd etilishicha, bu dengiz portlariga tezroq va arzonroq yoʻldir.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Pokiston Oʻzbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan
edi. 2022 yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor Oʻzbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afgʻoniston orqali tranzit qilib
joʻnatgan.