Oʻzbekiston U-23 jamoasi Osiyo kubogini gʻalaba bilan boshladi
© Foto: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi

© Foto: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Birinchi oʻyinda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Mamlakatda start olgan futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi uchrashuvni muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Turkmaniston U23 jamoasiga qarshi oʻtkazilgan bahsda oʻzbekistonlik yosh futbolchilar 1:0 hisobida raqiblaridan ustun kelishdi.
© Foto: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi
© Foto: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Uchrashuvning 75-daqiqasida Ulugʻbek Hoshimov mualliflik qilgan gol Oʻzbekiston terma jamoasiga gʻalaba keltirdi. Uning penaltidan yoʻllagan zarbasi aniq boʻldi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu na matche s Turkmenistanom.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu na matche s Turkmenistanom.
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Shu tariqa Oʻzbekiston U-23 Osiyo Kubogini muvaffaqiyat bilan boshladi. Endi Timur Kapadze shogirdlari ikkinchi oʻyinni 4 iyun kuni Qatarga qarshi oʻtkazadi. 7 iyun kuni esa Eron U23 jamoalariga qarshi bahs olib boriladi.
© Foto: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi
© Foto: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
“Qatar va Eronning oʻyinlarini oʻrganib chiqdik. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning oʻzi boʻlmaydi. Jamoaga boshqa klubdan yangi qoʻshilgan yigitlar bilan oldinga qoʻyilgan vazifani uddalaymiz”, - deydi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze oʻyindan keyin tashkil etish matbuot anjumanida.
Oʻzbekiston 1−19 iyun kunlari futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqalar Toshkent va Qarshi shahridagi stadionlarida boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston milliy jamoasi Eron, Qatar va Turkmaniston bilan A guruhidan oʻrin olgan.