Dunyoda

Peskov: dunyo oziq-ovqat inqirozi yoqasida

© Sputnik / Sergey GuneyevZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Peskov: oziq-ovqat inqirozi Qora dengiz portlariga yaqinlashish yoʻllarini minalagan Ukraina rasmiylarining harakatlari bilan bogʻliq.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov gʻalla yetkazib berish bilan bogʻliq vaziyatni Moskvaga qarshi noqonuniy sanktsiyalar va Kiyev harakatlari bilan bogʻladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, asosiy don yetkazib beruvchilardan biri Rossiyada gʻalla muammosi doimiy ravishda kun tartibida. Moskva harakatlariga nisbatan kiritilgan noqonuniy sanktsiyalar oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin.

“Bu mavzu turli kanallar orqali muhokama qilinmoqda. Haqiqatan ham biz potentsial ravishda asosiy yetkazib beruvchilardan biriga, yaʼni bizga nisbatan noqonuniy cheklovlar joriy etilishi bilan bogʻliq juda ogʻir oziq-ovqat inqirozi yoqasida turibmiz”, - deya taʼkidladi Peskov.

Shuningdek, Peskovning qoʻshimcha qilishicha, oziq-ovqat inqirozi Qora dengiz portlariga yaqinlashish yoʻllarini minalagan Ukraina rasmiylarining harakatlari bilan bogʻliq. Rossiya Federatsiyasi don ortilgan kemalarning oʻtishiga hech qanday toʻsqinlik qilmagan.

“Rossiya tomoni don yuklangan kemalarni xalqaro maydonlarga olib chiqishda yordam berishga tayyor, bu yerda Rossiya tomonidan hech qanday toʻsiq yoʻq”, dedi Peskov.
Shuningdek, Kreml rasmiysi Anqaraning Moskva va Kiyev Turkiyaning Ukraina kemalarini gʻalla bilan olib chiqishda vositachilik qilish taklifiga ijobiy munosabat bildirgani haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan, hozircha aniq kelishuvlarga erishilmaganini aytdi.
“Aniq kelishuv yoʻq. Darhaqiqat, Turkiya tomoni ham, boshqa tomonlar ham [Rossiya prezidenti] Vladimir Putindan batafsil tushuntirish oldi. Yaqinda suhbatlashgan barcha davlat va hukumat rahbarlari hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga ham Putin batafsil tushuntirdi, Rossiya [don ortilgan kemalarning oʻtishiga] toʻsqinlik qilmayapti”, dedi u.
Shu bilan birga, Peskov Rossiya tashqi ishlar vazirining Turkiyaga tashrifi rejalashtirilganini tasdiqladi. Ammo sanasini ochiqlamadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Tayyip Erdogʻan bilan suhbat chogʻida Moskva Ukrainadan dengiz orqali yuk tashish, jumladan, don eksportini osonlashtirishga tayyorligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0