https://oz.sputniknews-uz.com/20220602/qashqadaryoda-24953910.html
Qashqadaryoda hujjatida 20 yil oʻgʻil bola ismi bilan yurgan qiz aniqlandi
Qashqadaryoda hujjatida 20 yil oʻgʻil bola ismi bilan yurgan qiz aniqlandi
Hujjatlardagi xatolik tufayli qizga “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. 02.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-02T12:57+0500
2022-06-02T12:57+0500
2022-06-02T12:57+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/02/24952639_0:20:762:449_1920x0_80_0_0_30abe475b3aa96755a055b61dcca3fb0.jpg
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Qashqadaryoda 20 yil oʻgʻil bola ismi bilan yurgan qizga oʻz ismi yozilgan guvohnoma berildi. Bu haqda “Xalq soʻzi” maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanining togʻli Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi oʻtkazgan sayyor qabulda 20 yildan buyon “Shafoatov Olim” deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qilgan.Aniqlanishicha, u tugʻilganida yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Togʻli qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin boʻlgani sababli bu qizning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi oʻzgartirilmay qolib ketgan.Bundan tashqari, sayyor qabulda turmush qurganiga 4 yil boʻlgan, sharʼiy nikoh orqali yashab kelayotgan kelin-kuyovga qonuniy nikohdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi, 17 nafar bolaga tugʻilganligi, 8 oilaga esa nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar topshirilgan.
qashqadaryo viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/02/24952639_0:0:762:573_1920x0_80_0_0_ab7f8e5b8bca5007c18d3968e3385ca9.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qashqadaryo viloyati
Qashqadaryoda hujjatida 20 yil oʻgʻil bola ismi bilan yurgan qiz aniqlandi
Hujjatlardagi xatolik tufayli qizga “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Qashqadaryoda 20 yil oʻgʻil bola ismi bilan yurgan qizga oʻz ismi yozilgan guvohnoma berildi. Bu haqda
“Xalq soʻzi” maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanining togʻli Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi oʻtkazgan sayyor qabulda 20 yildan buyon “Shafoatov Olim” deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, u tugʻilganida yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Togʻli qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin boʻlgani sababli bu qizning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi oʻzgartirilmay qolib ketgan.
“Kech boʻlsada bu xato toʻgʻrilandi. Biz sayyor qabuldan soʻng “Shafoatov Olim” guvohnomasi bilan yurgan qizga “Shafoatova Muqaddam Ravshan qizi” deb qayd etilgan guvohnomani topshirdik. Endilikda bu togʻ qishloqlarida yiliga ikki marta sayyor qabul oʻtkazishni moʻljallayapmiz”, - deydi Dehqonobod tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi mudirasi Ozoda Ashurova.
Bundan tashqari, sayyor qabulda turmush qurganiga 4 yil boʻlgan, sharʼiy nikoh orqali yashab kelayotgan kelin-kuyovga qonuniy nikohdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi, 17 nafar bolaga tugʻilganligi, 8 oilaga esa nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar topshirilgan.