Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi: Ukrainadagi xorijiy yollanmalarning katta qismi yoʻq qilindi

© Sputnik / Viktor AntonyukVoyennoslujaщiy DNR neset golovnoy ubor ukrainskogo voyennogo
Voyennoslujaщiy DNR neset golovnoy ubor ukrainskogo voyennogo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, xorijiy yollanma askarlar katta yoʻqotishlar sabab Ukrainani tark etishga intilishmoqda, lekin Kiyev unga toʻsqinlik qilmoqda.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari uzoq masofaga uchuvchi yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Ukrainaga kelgan yuzlab xorijiy yollanma askarlarni yoʻq qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov maʼlum qildi.
“Ukrainadagi yuzlab xorijlik yollanma askarlar qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtish va taktik boʻlinmalarni muvofiqlashtirish joylariga yetib kelganidan koʻp oʻtmay Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi qurollari bilan yoʻq qilindi”, - dedi u brifing davomida.
General-mayorning aniqlik kiritishicha, xorijiy yollanmalarning katta qismi tayyorgarlik darajasi pastligi va haqiqiy jangovar tajribasi yoʻqligi sababli jang maydonida yakson qilingan.
Konashenkovning soʻzlariga koʻra, Ukraina tomoni oʻz harbiylarining yoʻqotishlarini kamaytirish uchun yollanma askarlarni ayab oʻtirmayapti.
“Asirga olingan yollanmalar soʻroqlarda ularni birinchi navbatda qurbonlikka berishayotganini soʻzlab berishmoqda”, - dedi u.
Yollanma askarlar katta yoʻqotishlar sabab Ukrainani tark etishga intilishmoqda, lekin Ukraina hukumati bunga toʻsqinlik qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili bugungi kunda Ukrainadagi xorijiy yollanma jangchilar soni ikki baravarga, 6,6 mingdan 3,5 ming kishigacha qisqarganini qayd etdi.
Rossiya qoʻshinlari Ukrainadagi xorijlik yollanma askarlarni tayyorlash markaziga zarba berdi
28 may kuni “The Washington Post” gazetasi Ukrainadagi xorijiy yollanmalar yomon kiyim-kechak bilan taʼminlanish va qurol-yarogʻ yetishmasligidan shikoyat qilishayotgani haqida yozgan edi. Ularning koʻpchiligi Ukrainani tark etib, uylariga qaytish yoʻllarini izlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0