To‘qimachilikdan IT gacha. O‘zbekiston va Rossiya yosh tadbirkorlari nimalarga kelishib olishdi?

© Sputnik / Zafar XalilovUzbeksko-rossiyskiy biznes forum v Tashkente
Uzbeksko-rossiyskiy biznes forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya yosh tadbirkorlarining hamkorligi qanday rivojlanyapti? Batafsil materialimizda o‘qing.
Alina Niyazbakiyeva, Anna Cherkasova
May oyining oxiri O‘zbekistonning ishbilarmonik sohasida davlatlararo yana bir yirik voqea bilan esda qoladigan bo‘ldi. Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya yosh tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Rossiyalik 40 nafar yosh tadbirkorlar O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurishdi va hamkasblari bilan V2V formatida 60 dan ortiq uchrashuvlar olib bordi.
Nega rossiyalik biznes tadbirkorlar orasida O‘zbekistonga qiziqish katta? Sputnik bu borada iqtisodiyot mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

Kelajakka sarmoya

Forumning natijasi IT, tekstil, oziq-ovqat sanoati, turizm, ta’lim va jihozlar yetkazish bo‘yicha turli shartnomalar bo‘ldi. Ufalik tadbirkorlar o‘zbek tekstilini 500 mingdan dollardan ortiq summaga sotib olishga qaror qilishgan bo‘lsa, “Russkie traditsii” kompaniyasi esa Samarqand biokombinati bazasida yaratilgan Biveco brendi veterinar dori- darmonlariga qiziqish bildirdi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida ikki mamlakatning yirik yoshlar tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Masalan “Yoshlar-kelajagimiz” fondi “Opora Rossii” kichik va o‘rta biznes Umumrossiya ijtimoiy tashkiloti hamda “Xalqaro hamkorli yetakchilari” avtonom notijorat tashkiloti bilan memorandum imzoladi. Bu haqda “Xalqaro hamkorlik yetakchilari” tashkiloti boshqaruv a’zosi Tatyana Selivorstova Sputnik ga ma’lum qildi.
Nega Rossiya va O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligi uchun pul tikishmoqda? Bu haqida Sputnik muxbiriga Rossiya strategik tadqiqotlar instituti mutaxassisi, iqtisod fanlari nomzodi Mixail Belyayev so‘zlab berdi.
“Yoshlar bizning kelajagimiz. Ularning e’tiborini mamlakat oldida turgan muammolarga, biznesga, siyosiy va iqtisodiy hayotga, ijtimoiy masalalarni hal qilishga qaratish lozim”, -deydi u.
Ayni paytda O‘zbekiston va Rossiya kapitali ishtirokidagi 2,5 ming korxona ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning natijasidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha Rossiya yetakchilik qiladi. Albatta, bu tendensiya davom etishi uchun yosh ishbilarmonlar hamkorligini rivojlantirish zarur.
Bundan tashqari, aynan yoshlar kelajak biznesi bo‘lgan sohalarga qiziqadi.
“IT kichik va o‘rta kompaniyalar sohasi. Unda asosan yoshlar faoliyat ko‘rsatadi. Chunki ular axborot texnologiyalarini o‘rgangan va bunday korxonalarni yaratish uchun moslashgan. Bu ularning kasblariga, qiziqishlariga to‘g‘ri keladi. Eng yaxshi natija esa kasb va qiziqishlar mos tushganda bo‘ladi”, - deb hisoblaydi mutaxassis.

“Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi”

Iqtisod fanari nomzodi, savdo-sotiq sohasi bo‘yicha ekspert Leonid Xazanov shunday fikr bildirmoqda. Uning aytishicha, Rossiyada Markaziy Osiyo mintaqasi ahosining ko‘p qismi ishlaydi.
“Biznes rivoji uchun imkonitlar nihoyatda katta. Chunki Markaziy Osiyoda ishchi kuchi bor, u yerda rossiyalik sarmoyadorlarni iliq qabul qilishadi”, - deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro tadbirkorlik Rossiyaga ham, mintaqaning boshqa mamlakatlariga ham birdek foyda keltiradi- birinchi navbatda respublikada yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Aholi esa bunga hozir muhtoj.
Ikkinchidan, Rossiya va MA mamlakatlarini yirik xalqaro loyihalar ham birlashtiradi- masalan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. So‘z o‘rnida aytish lozim, ShHTning Yoshlar kengashi O‘zbekiston va Rossiya forumini o‘tkazishga ko‘mak berdi.
ShHT Rossiya va O‘zbekistonning qo‘shma loyihalari uchun biznes sohasida nimani anglatadi? Eng kamida- katta auditoriyani. ShHTga a’zo mamlakatlar aholisi soni 3,4 millardni tashkil etadi. Bu dunyo aholisining deyarli yarmi degani.
“Bunday loyihalarni rivojlantirish istiqbollari bor. Buni Rossiya hukumati ham, O‘Zbekiston hukumati ham yaxshi tushunadi. Va o‘ylaymanki, davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanadi. Bu yo‘nalishda rivojlanishning boshqa yo‘li yo‘q”, - deydi Mixail Belyayev.

Barchasi yoshlar qo‘lida

Yoshlar tadbirkorligi haqida gap ketar ekan, ushbu sohani kichik biznes shakllantirishni yaxshi tushunish kerak. Avvallari biznes-forumlar e’tiborini faqat katta korporatsiyalarga qaratar edi.
Leonid Xazanovning so‘zlariga ko‘ra, kichik biznes iqtisodiyotga shunchaki kerak bo‘lib qolmaydi. Ba’zida u yirik biznesning muqobiliga aylanishi mumkin. Chunki, u ko‘proq tor doiradagi mahalliy muammolarni hal qilishga qaratilgan.
“Kichik biznes juda zarur va kerak. U yirik biznesning zararli va foydasiz bo‘lgani uchun hal qilmagan masalalarga yechim topishi mumkin. Yirik biznes uchun bu boshqaruv kadrlar va moliyaviy resurslarning bo‘linishi bo‘lishi mumkin”,- deydi ekspert.
Ushbu fikrni Mixail Belyayev ham tasdiqlaydi. Uning aytishicha, yirik biznes o‘rta va kichik tadbirkorliksiz faoliyat yurita olmaydi.
“Yirik korxonalar mahsulotning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Biroq ishning salmoqli qismini ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarga beradi. Bu aynan kichik va o‘rta biznes degani”,- deydi Belyayev.
Yangiliklar lentasi
0