Jamiyat

Akademik Behzod Yuldashev Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi boʻldi

© Akademiya Nauk UzbekistanaAkademik Bexzod Yuldashev
Akademik Bexzod Yuldashev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yigʻilishida 48 nafar olim akademiyaning yangi xorijiy aʼzosiga aylandi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yigʻilishida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev nanotexnologiyalar va axborot texnologiyalari yoʻnalishida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi etib saylandi.
Yigʻilishda jahon ilmiy hamjamiyatining eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng kuchli olimlar Akademiyaning xorijiy aʼzosiga aylandi.
Unga koʻra, AQSH, Xitoy, Belarus, Tojikiston, Oʻzbekiston, Polsha, Italiya, Ispaniya, Armaniston, Singapur, Moʻgʻuliston, Avstraliya, Hindiston, Ozarbayjon, Abxaziya, Germaniya, Serbiya, Buyuk Britaniya, Qirgʻiziston, Avstriya, Fransiya, Qozogʻiston, Shveytsariya va Kanada kabi davlatlardan 48 nafar olim Rossiya Fanlar akademiyasining yangi xorijiy aʼzolari boʻldi.
Maʼlumot uchun, Behzod Yuldashev bugungi kunda Rossiya Taʼlim va fan vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi aʼzosi ham sanaladi.
U 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.
Behzod Sodiqovich Yuldashev 1945 yil 9 mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1968 yilda Toshkent davlat universitetining yadro fizikasi fakultetini imtiyozli tugatgan, 1971 yilda Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna)da nomzodlik, 1981 yilda fizika-matematika fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
1990-2006 yillarda va 2017-2020 yillarda OʻzR FA Yadro fizikasi instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Asosiy ilmiy-tashkiliy faoliyati elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va tibbiyot sohalarida yadro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi.
400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi. Ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Parlament aʼzosi - senatori (2001-2005-yy., 2020 yildan hozirgi vaqtga qadar).
“Mehnat shuhrati” hamda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Fan arbobi" faxriy unvoniga ega.
Yangiliklar lentasi
0