Bu yil Hajga boruvchilar uchun qanday yangi talablar qo‘yilgan?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Pandemiya tufayli so‘nggi Saudiya Arabistoni xorijiy ziyoratchilar uchun 3-yil davomida Haj safarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo‘ygan edi.
TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 2022-yil mavsumida Haj safariga boruvchi ziyoratchilarga bir qator talablar qo‘yilgan. bu haqida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.
1.
“Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Ushbu yosh chegarasiga 1957-yil 30-iyun kunigacha tug‘ilgan insonlar kiradi. ️Yosh chegarasi bilan bog‘liq mazkur tartib – O‘zbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qat’iy talabi hisoblanadi.
2.
Undan tashqari bo‘lajak hojilar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksinalarining to‘liq dozasini qabul qilgan bo‘lishlari shart. (Pfizer/BioNTech, Oxford-AstraZeneca, Moderna yoki Johnson & Johnson)
3.
Shuningdek, Barcha ziyoratchilar meningitga qarshi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bo‘lishi zarur;
4.
Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim.
Ma’lumot uchun, pandemiya tufayli so‘nggi Saudiya Arabistoni xorijiy ziyoratchilar uchun 3-yil davomida Haj safarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Bu yil pandemiyadan so‘ng birinchi Haj bo‘lib o‘tadi.
Saudiya Arabistoni tomoni bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng joriy yil O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 10 865 nafar etib belgilandi. Ma’lumot uchun, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafarni tashkil etgan edi.
Bu yilgi Haj safari xarajatlari narxi 35-40%ga oshirilgan va 62 million 900 ming so‘m so‘m etib belgilandi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan joriy etilgan to‘lovlar, transport xarajatlari narxi oshishi sabab bo‘lgan.
Undan tashqari, qo‘mita vakilining xabariga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar tubdan yaxshilangan.
Xususan, Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida, Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qiladilar.
Ziyoratchilarga Mino-Muzdalifa-Arafot manzillarida ham uch mahal issiq ovqat tortiq etiladi. Ularni har har safargidek, shifokorlar va guruh rahbarlari kuzatib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0