Dunyoda

Yerga potentsial xavfli asteroid yaqinlashmoqda

© Depositphotos / Animaxx3dAsteroid nedaleko ot planetы Zemlya
Asteroid nedaleko ot planetы Zemlya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
6 iyun kuni potentsial xavfli asteroid Yerdan 3,5 million kilometr naridan oʻtishini kutilmoqda.
TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. 6 iyun kuni potentsial xavfli asteroid Yerga yaqinlashadi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 GT2 deb nomlangan asteroid soatiga 26 ming kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Olimlar mazkur asteroidni 2021 yilda kashf qilgan. Uning oʻlchami 37-83 metrga teng.
Asteroid Yerdan 3,5 million kilometr naridan oʻtishini kutilmoqda. Bu sayyora va Oy oʻrtasidagi oʻrtacha masofadan taxminan 10 baravar koʻp.
2021 GT2 Aten sinfidagi asteroid boʻlib, u Quyosh atrofida Yerga nisbatan yaqinroq aylanadi va uning orbital yoʻli Yer orbitasini kesib oʻtadi. Astronomlar shunga oʻxshash 1800 dan ortiq asteroidni oʻrganib chiqqan, ularning aksariyati potentsial xavfli hisoblanadi.
6 iyundan keyin uning Yerga navbatdagi yaqinlashishi 2034 yil 26 yanvarda sodir boʻladi, oʻshanda asteroid sayyoradan 14,5 million kilometr naridan oʻtib ketadi.
Yangiliklar lentasi
0