Jamiyat

Haj safari narxi 40-45 %ga oshdi

© REUTERS / Saudi Ministry of MediaPalomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke
Palomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchining toʻlov miqdori 62 million 900 ming soʻm boʻldi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. “Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga toʻlov miqdori 62 million 900 ming soʻm etib belgilandi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan brifingda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati rahbari Ilhom Maʼrupov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha soliq va majburiy toʻlovlar joriy qilingan.
Narxlarning koʻtarilishiga kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab boʻlgan.
“Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga shu yilda yangi majburiy toʻlovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi oʻrtacha 40-45 foizga koʻtarilgan”, deydi Ilhom Maʼrupov.
Maʼlumot uchun, bu yil Oʻzbekistondan 10 865 kishi haj safariga boradi. 2019 yilda bu koʻrsatkich 7 200 nafar edi.
Yangiliklar lentasi
0