Ivanovo viloyati delegatsiyasi O‘zbekiston to‘qimachilari bilan uchrashdi

© Assotsiatsiya "Uztekstilprom"Uzbekskie tekstilshiki vstretilis s rossiyskimi potensialnimi partnerami
Uzbekskie tekstilshiki vstretilis s rossiyskimi potensialnimi partnerami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Ivanovo viloyati gubernatori Voskresenskiy O‘zbekistonda paxta tolasidan tayyor mahsulotgacha chuqur qayta ishlash loyihalarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Toshkentdagi "Kor-Uz" texnoparkida Rossiya Federatsiyasining Ivanovo viloyati gubernatori S.S. Voskresenskiy va "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi bilan Ivanovo viloyati o‘rtasidagi hamkorlik bir necha o‘n yillardan buyon davom etib kelmoqda. MDH mamlakatlari bozorlariga to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish nuqtayi nazaridan Ivanovo viloyati haqli ravishda hamkorlikning eng muhim nuqtalaridan biri hisoblanadi, - deyilgan "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi xabarida.
Shu munosabat bilan uchrashuv chog‘ida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va Ivanovo viloyatidagi fabrikalarga to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Undan tashqari soha uchun kadrlar tayyorlash masalalarida ham qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Taqdimot chog‘ida "O‘zto‘qimachiliksanoat" aksiyadorlik jamiyati raisi bugungi to‘qimachilik sanoati qanday rivojlanayotgani haqida ma’lumot berdi. Xususan, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan mukammal ishlab chiqarish zanjiri yo‘lga qo‘yilgani, ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlari, amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari haqida.
S.S. Voskresenskiy O‘zbekiston tomonining takliflarini, xususan, paxta tolasidan tayyor mahsulotgacha chuqur qayta ishlash loyihalarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning OODJI, OSTIN, MODIS, Gloria Jeans va boshqa mashhur brendlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarda, xususan, to‘qimachilik sohasida muhim hamkori bo‘lib, yirik eksportor va xaridorlardan biri hisoblanadi. O‘tgan yili Rossiyaga eksport hajmi qariyb 1 milliard dollarga yetdi, bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari umumiy eksportining 30 foizini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0