Ko‘ngillilar komandiri: "Millatchilar chiqib ketmasa ular o‘sha yerda qoladi" - video

Obuna bo‘lish
Millatchilar o‘z vaqtida chiqib ketmasa ularni beton bilan ko‘mib tashlaymiz, deydi ko‘ngillilar bataloni komandiri Avidzba.
Donesk viloyati chegarasi yaqinidagi shaharlarda turli yirik zavod va korxonalar bor. U yerda ham "Azovstal"ga o‘xshash mustahkam himoya punkti qurish mumkinmi?
Ushbu savolga "Patnashka" ko‘ngillilar bataloni komandiri Axra Avidzba javob berdi.
"Shunday bo‘lishiga umid qilaman. Biz ham ularga o‘z “insonparvarligimizni” ko‘rsatamiz Ularga chiqish uchun biroz vaqt beramiz, undan so‘ng esa ularni beton bilan ko‘mib tashlaymiz.
Ularga yaqin borib hujum qilish yoki zavodni portlatib yuborishdan Hech qanday foyda yo‘q. Agar chiqib ketmasa, ular shu o‘sha yerda qoladi. Gap tamom", - deydi askar.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0