Jamiyat

Moʻgʻuliston oʻzbekistonliklar uchun vizasiz tartib joriy etdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishAkkreditovannыe v Rossii poslы zarubejnыx gosudarstv priglashenы v MID RF
Akkreditovannыe v Rossii poslы zarubejnыx gosudarstv priglashenы v MID RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mamlakat hududida vizasiz rejim 30 kungacha amal qiladi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Moʻgʻuliston Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Batsumber Munxjin hamda Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda quyidagi hujjatlar imzolangan:
Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2022-2023-yillarda hamkorlik dasturi;
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi va Moʻgʻuliston yoʻllar va transportni rivojlantirish vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi protokol.
Uchrashuvda, shuningdek oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasida salmoqli salohiyat mavjudligiga eʼtibor qaratildi.
Xususan, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarning Moʻgʻuliston bozoriga eksportini orttirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarining istiqbollari, shuningdek, Moʻgʻuliston delegatsiyasining sentyabrda Samarqandda boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi ishtiroki masalasi koʻrib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0