Iqtisod

Oʻzbekistonda gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari boshlandi

© Sputnik / Artem Kreminskiy / Fotobankka oʻtishUborka zernovыx.
Uborka zernovыx. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu yil respublika boʻyicha 7,8 mln tonna don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
“Yetishtirilgan gʻalla hosilini qisqa muddatlarda sifatli oʻrib-yigʻib olish maqsadida respublikada 2 ming 633 ta gʻalla oʻrish otryadlari tashkil etildi”, deyiladi xabarda.
Gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari hosilning pishish holatidan kelib chiqib quyilani muddatlarda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan:
25 maydan - Surxondaryo viloyatida;
1–5 iyundan - Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
6–10 iyundan - Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida;
11–15 iyundan - Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari olib boriladi.
Mazkur otryadlarga 3382 ta yuqori unumli gʻalla oʻrish kombayni, 13675 ta yuk avtomobillari, 1498 ta traktor tirkamasi, 1374 ta koʻchma ustaxona va 1425 ta yonilgʻi qoʻyish shahobchalari biriktirilgan.
Oʻrim-yigʻim ishlariga jalb etilayotgan kombaynlar bilan 25-30 kunda gʻallani toʻliq oʻrib olish imkoniyati mavjud.
Maʼlumot uchun, bu yil respublikada 1 mln 32 ming gektar sugʻoriladigan maydonlarda boshoqli don ekildi. Ushbu maydonlardan 7,8 mln tonna yoki oʻtgan yilga nisbatan qoʻshimcha 1,1 mln tonna koʻp don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0