O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmadi - Otabekov

© AP PhotoVisipaniya na koje pri obezyanyey ospe.
Visipaniya na koje pri obezyanyey ospe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilgani yo‘q. Bu haqda AOKAda maymun chechagi kasalligiga qarshi ko‘rilayotgan epidemiologik chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida m’lum qilindi.
Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlandi.
“Hozirgi kunda xalqaro terrorizm ildiz otayotgan bir davrda ayrim davlatlar yoki bo‘lmasa terroristik guruhlar tomonidan chin chechak va maymun chechagi viruslari kulturalarining biologik qurol sifatida ham ishlatishi ehtimoldan xoli emas”, deyildi xabarda.
Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning qayd etishicha, O‘zbekistonda Maymun chechagini oldini olishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning 36 tasi avtomagistral yo‘llarida, 11 tasi Xalqaro aeroportlarda, 6 tasi temir yo‘l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan.
Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirildi.
Postlarda sanitariya-karantin punktlari xodimlari va boshqa chegara-bojxona postlari xodimlari hushorligi oshirib borilmoqda.
Aytilishicha, kasallik 99 foiz holatda yengil kechadi. Unga chalinganlarning barchasini statsionar sharoitda davolashga ehtiyoj yo‘q.
Maymun chechagi virusining tabiiy rezervuarlari va manbalari kemiruvchilar hamda maymunlar hisoblanadi. Maymun chechagi odamga asosan muloqot yoki transmissiv yo‘llar bilan (qon, tishlanish, chechak toshmasi suyuqligi, chechak pufagi orqali) yuqishi mumkin.
Chin chechakka qarshi odamlarni emlash ularni maymun chechagi kasalligidan ham asraydi. Maymun chechagi kasalligining klinik kechishi xuddi chin chechakdagidek namoyon bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari:
Et uvishish;
Qaltirash;
Tana haroratining ko‘tarilishi;
Limfa bezlarining kattalashishi;
Toshmalar.
Maymun chechagi kasalligida maxsus davolash usullari ishlab chiqilmagan. Davolash simptomatik olib boriladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, AQSh, Kanada, Avstraliya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda maymun chechagi kasalligiga chalinish holatlari davom etmoqda. 31-may kuni dunyoning 30 danortiq davlatida jami 550 nafarfuqaroda maymun chechagi kasalligi ro‘yxatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0