Rossiya savdo maydonchalari O‘zbekiston to‘qimachiligiga katta qiziqish bildirmoqda

© Assotsiatsiya "Uztekstilprom"Uzbekskie tekstilshiki vstretilis s rossiyskimi potensialnimi partnerami
Uzbekskie tekstilshiki vstretilis s rossiyskimi potensialnimi partnerami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya chakana savdo vakillarini jinsi shimlar, sport kiyimlari, futbolkalar, paypoqlar, ayollar ko‘ylagi kabi mahsulotlar qiziqtirdi.
TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Rossiyaning chakana va ulgurji savdo maydonchalari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlariga katta qiziqish bildirishmoqda.

Ayni paytda Wildberries, Yandex. Market, Ozon, Lamoda kabi yetakchi marketpleyslari vakillaridan iborat delegatsiya (taxminan 90 kishi) O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda, - deb xabar qilmoqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning tayyor to‘qimachilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishish va tashqi bozorlarga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar yetkazib berish masalasini o‘rganishdan iborat.
Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekistonning “LUKBO TEXTILE”, “Chirchik Mega Biznes”, “Zarista textile” va “Uztex Group” yirik to‘qimachilik korxonalari mahsulotlari bilan tanishdi.
Ishlab chiqarilayotgan jinsi mahsulotlari, sport kiyimlari, futbolkalar, paypoqlar, ayollar ko‘ylagi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu mahsulotlarni yetkazib berish masalasi ham kelishib olindi.
Delegatsiya tashrifining ikkinchi kuni delegatsiya vakillari va mahalliy to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalarining 70 dan ortiq vakillari o‘rtasida V2V formatidagi uchrashuvlar bilan o‘tdi. Ushbu formatdagi uchrashuvlar manfaatdor tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga yordam beradi, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni sifat va miqdor jihatdan oshirishga olib keladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasida muhim hamkori va xaridorlaridan biridir. O‘tgan yili Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi qariyb 1 milliard dollarga yetdi, bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari umumiy eksportining 30 foizini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0