Jamiyat

Tojikistondagi zilzila kuchi Oʻzbekistonda ham sezildi

© AFP 2022 / ADEK BERRYSeysmograf
Seysmograf - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent vaqti bilan soat 23:34 da Tojikistonda qayd etilgan yer silkinishining kuchi Surxondaryo viloyatida ham sezildi.
TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. Bugun, 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:34 atrofida Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Uning kuchi Surxondaryo viloyatida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga koʻra, zilzila Toshkentdan 344 km janubiy-gʻarbda sodir boʻlgan.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
Uzun tumanida 3 ball, 40 km;
Denov tumanida 2 ball, 72 km;
Shoʻrchi tumanida 2 ball, 73 km.
Zilzila koordinatalari: 38,2 gradus shimoliy kenglik; 68,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 20 km.
Yangiliklar lentasi
0