Jamiyat

Tovuq goʻshtini qanday toʻgʻri tanlash kerak?

© Foto : PixabayKurinoye file s ovoщami
Kurinoye file s ovoщami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tovuq goʻshti oʻz xususiyatlarida juda farq qilishi mumkin, koʻp anrsa parradaning yoshi va goʻshtining qaysi qismini pishirishga bogʻliq.
Tovuq goʻshti oʻz xususiyatlarida juda farq qilishi mumkin, koʻp anrsa parradaning yoshi va goʻshtining qaysi qismini pishirishga bogʻliq. Parhezshunos Yelena Chediya mahsulotni toʻgʻri tanlash boʻyicha Sputnik radiosiga bergan intervyusida tavsiyalar berib oʻtdi.
Tovuq goʻshti qizil va oq boʻlishi mumkin. Ularning qay birini tanlash kerak? Organizmga qaysi biri koʻproq maʼqul keladi? Bu haqida Sputnik radiosiga tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-diyetolog, Rossiya uzluksiz kasbiy taʼlim tibbiyot akademiyasi (RMANPO) diyetologiya va nutritsiologiya kafedrasi dotsenti Yelena Chediya oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
“Tovuq koʻkragi -oq, qolgan barcha qismlari qizil boʻladi. Qizil goʻsht tarkibida koʻp miqdorda temir, rux, B vitaminlari boʻlib, organizmdagi metabolik jarayonlarni normallashtiradi. Oq goʻsht osonroq va tezroq hazm boʻladi, chunki unda qizil goʻshtda qaraganda yogʻ va xolesterin juda kam, shuning uchun parhezli ovqatlanishda koʻproq ishlatiladi. Semizlik, yurak-qon tomir kasalliklari va oshqozon-ichak trakti kasalliklarida oq goʻsht koʻproq isteʼmol qilinadi”, - deydi mutaxassis.
Tovuq goʻshtini tanlashda katta tovuqni kichigidan, broyler tovuqdan farqlashni bilish lozim. Yosh tovuq goʻshti kimgadir mos keladi, lekin uni isteʼmol qilish baʼzi insonlarga tavsiya etilmaydi, deydi Yelena Chediya.
“Yosh tovuq, broylerlar goʻshti tarkibida purinlar (metabolik mahsuloti siydik kislotasi boʻlgan organik azotli moddalar,-tahr.) koʻp. Purin almashinuvi buzilganda, birinchi navbatda qonda siydik kislotasi darajasi koʻtariladi. Ehtiyot boʻlish kerakki, bu boʻgʻimlarda podagra, jigarda siydik kislotali toshlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Biroq, tovuq goʻshtida xolesterin kam. Xolesterin miqdori yuqori boʻlsa, yosh tovuq goʻshti tavsiya qilinadi. Agar xolesterin yuqori boʻlib, biroq siydik kislotasi koʻp boʻlsa, yoshi katta parranda goʻshti tavsiya qilinadi” – deydi parhezshunos.
Tovuq tayyorlashning eng yaxshi usuli qaynatish yoki duxovkada pishirishdir. Bundan tashqari, qaynatib pishirishda parhezshunos ikkilamchi bulon texnologiyasidan foydalanishni maslahat beradi.
"Agar goʻshtning sifatiga ishonchingiz komil boʻlmasa - u qanday yetishtirilgani, qayerda va qanday saqlanganini bilmasangiz yoki oshqozon-ichak trakti bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa, ikkinchi darajali bulon texnologiyasi bilan tayyorlash yaxshi. Yaʼni goʻshtni sovuq suvga solasiz, oʻn daqiqa qaynatib olasiz, keyin bu suvni toʻkib, goʻshtni yuvib olasiz. Keyinchalik esa boshqa suvda qaynatib olaverasiz”, - deydi Yelena Chediya.
Siz uchun qiziqarli materiallar:
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi>>
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?>>
Qanday mayonez foydali>>
Yangiliklar lentasi
0