Jamiyat

Buxoroda gastronomik koʻcha tashkil etiladi

© SputnikBuxara, starыy gorod
Buxara, starыy gorod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Buxoroda “Street Food” gastronomik koʻchasini tashkil etiladi
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Buxoro viloyati hokimligi Turizm va madaniy meros vazirligi, Transport vazirligi, Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, ushbu qaror ilovalariga muvofiq “Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish Dasturi” tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilanib, “Street Food” gastronomik koʻchasini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi, Buxoro viloyatidagi boʻsh turgan, taʼmirtalab boʻlgan madaniy meros obʼyektlarini belgilangan tartibda turizm, hunarmandchilik va xizmat koʻrsatish obʼyektlarini tashkil qilish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan roʻyxat asosida obʼyektlarni tadbirkorlik subʼyektlariga uzoq muddatli ijaraga berilishi nazarda tutilgan.
Buxoro viloyatining turizm marshrutiga kirgan madaniy meros obʼyektlari va yodgorliklariga olib boruvchi yoʻllarga oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichi belgilari manzilli roʻyxati shakllantirilib, Buxoro viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan turizm sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha manzilli roʻyxatlari tayyorlanib kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0