O‘zbek so‘mining rasmiy ramzi e’lon qilindi - foto

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank o‘zbek so‘mining rasmiy ramzini e’lon qildi.
Markaziy bank milliy valyuta — so‘m ramzini ishlab chiqish bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov natijalarini e’lon qildi.
© Sentralniy bank UzbekistanaPodvedeni itogi Konkursa po razrabotke simvola natsionalnoy valyuti "Simvol suma"
Podvedeni itogi Konkursa po razrabotke simvola natsionalnoy valyuti Simvol suma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2022
Podvedeni itogi Konkursa po razrabotke simvola natsionalnoy valyuti "Simvol suma"
Saralash bosqichi tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkazildi va quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
Dastlabki saralash – har bir tanlov loyihasini texnik talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqish.
Natijada 508 ta ijodiy loyiha tanlab olindi va ularning har biriga maxfiylikni ta’minlash maqsadida individual shifr raqamlari berildi.
Texnik ekspertiza – shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshirildi. 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar esa tanlov hakamlar hay’atiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, hay’at tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.
Yangiliklar lentasi
0