https://oz.sputniknews-uz.com/20220604/qaysi-mahsulotlar-umrni-uzaytiradi-21832892.html
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Sogʻlom ovqatlanish boʻyicha mutaxassis uzoq umr koʻrish uchun qanday mahsulotlarni ratsionga kiritish haqida soʻzlab berdi.
2022-06-04T21:51+0500
2022-06-04T21:51+0500
2022-06-04T21:51+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/19/21513168_0:137:3071:1864_1920x0_80_0_0_a12eb9c4775e0022fadabbe12c618778.jpg
Vitaminlar va sogʻlom turmush tarzi-uzoq umr garovi. Toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mutaxassis Xolli Zokkolan Express internet nashriga bergan intervyusida qanday qilib umrni mazali va foydali tarzda uzaytirish mumkinligii borasida oʻz tavsiyalarini berdi.Sogʻlom yogʻlar zararli xolesterin miqdori, shuningdek yurak kasalliklari, insultning kelib chiqishini kamaytiradi. U araxis yogʻi, soya loviyasi, soya suti va tofu kabi mahsulotlarda boʻladi.Mutaxassis, shuningdek, ratsionga kletchatkaga boy boʻlgan loviya, don mahsulotlari, sabzi va brokkolini qoʻshishni ham tavsiya qildi. “Ishonch hosil qiling, sabzavotlardan yetarli miqdorda kletchatka olib, shu bilan ratsioningizda qayta ishlangan va shakarli mahsulotlar sonini kamaytirasiz”, deya taʼqiladi u.Ekspert tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan shirin gazirovka, pishiriqlar va tayyor yormalardan voz kechishni maslahat berdi. Xususan, “Ratsioningizdan soya, rapso va kunboqar yogʻlari kabi rafinatlangan (tozalangan, oqlangan) oʻsimlik yogʻlarini mutlaqo chiqarib tashlang”, deydi Zokkolan.Rafinatlangan yogʻlar organizm uchun nihoyatda zararli, chunki yogʻ asosan kimyoviy usul bilan tozalanadi. Shuning uchun uni qoʻshimcha toza zaytun moyiga almashtirgan maʼqul.Ekspertning taʼkidlashicha, koʻproq oqsilga boy oziq-ovqatlar, yangi uzilgan mevalarni isteʼmol qilish va koʻp miqdorda suv ichish kerak. Qish faslida esa D, C vitaminlari va rux qabul qilish lozim.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/19/21513168_236:0:2965:2047_1920x0_80_0_0_4ac18e592cc0fdf3816214a58bfab67b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Sogʻlom ovqatlanish boʻyicha mutaxassis uzoq umr koʻrish uchun qanday mahsulotlarni ratsionga kiritish haqida soʻzlab berdi.
Vitaminlar va sogʻlom turmush tarzi-uzoq umr garovi. Toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mutaxassis Xolli Zokkolan Express internet nashriga bergan intervyusida qanday qilib umrni mazali va foydali tarzda uzaytirish mumkinligii borasida oʻz tavsiyalarini berdi.
“Uzoq umr koʻrish va salomatlik uchun men zaytun yogʻi, yogʻli baliq, avokado, yongʻoq va urugʻlar kabi foydali yogʻlarni isteʼmol qilishni tavsiya qilaman”, deydi u.
Sogʻlom yogʻlar zararli xolesterin miqdori, shuningdek yurak kasalliklari, insultning kelib chiqishini kamaytiradi. U araxis yogʻi, soya loviyasi, soya suti va tofu kabi mahsulotlarda boʻladi.
Mutaxassis, shuningdek, ratsionga kletchatkaga boy boʻlgan loviya, don mahsulotlari, sabzi va brokkolini qoʻshishni ham tavsiya qildi. “Ishonch hosil qiling, sabzavotlardan yetarli miqdorda kletchatka olib, shu bilan ratsioningizda qayta ishlangan va shakarli mahsulotlar sonini kamaytirasiz”, deya taʼqiladi u.
Ekspert tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan shirin gazirovka, pishiriqlar va tayyor yormalardan voz kechishni maslahat berdi. Xususan, “Ratsioningizdan soya, rapso va kunboqar yogʻlari kabi rafinatlangan (tozalangan, oqlangan) oʻsimlik yogʻlarini mutlaqo chiqarib tashlang”, deydi Zokkolan.
Rafinatlangan yogʻlar organizm uchun nihoyatda zararli, chunki yogʻ asosan kimyoviy usul bilan tozalanadi. Shuning uchun uni qoʻshimcha toza zaytun moyiga almashtirgan maʼqul.
Ekspertning taʼkidlashicha, koʻproq oqsilga boy oziq-ovqatlar, yangi uzilgan mevalarni isteʼmol qilish va koʻp miqdorda suv ichish kerak. Qish faslida esa D, C vitaminlari va rux qabul qilish lozim.