Jamiyat

Toshkentda islom va pravoslav din ulamolari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi - foto

© Press-slujba Tashkentskoy i Uzbekistanskoy yeparxiiV Tashkente proshel forum "Rol Pravoslaviya i islama v garmonizatsii jizni sovremennogo obщestva"
V Tashkente proshel forum Rol Pravoslaviya i islama v garmonizatsii jizni sovremennogo obщestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda islom va pravoslav din ulamolari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Toshkentda islom va pravoslav din ulamolari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining maʼnaviyat markazida dinlarining zamonaviy jamiyat hayotini uygʻunlashtirishdagi oʻrni muhokama qilindi. Unda Rossiya va Oʻzbekiston din arboblari, ilmiy jamoatchilik vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.
MDH davlatlarida dinlararo muloqotni takomillashtirish, Rossiya va Oʻzbekistonda davlat va diniy birlashmalar oʻrtasidagi muloqot, zamonaviy dunyoda vijdon erkinligi va diniy murosasizlik xususida soʻz yuritildi.
Diniy fobiya, diniy ekstremizm va terrorchilikning oldini olish, bagʻrikenglik mavzulariga toʻxtalib oʻtildi.
Tadbirda Toshkent va Oʻzbekiston mitropoliti Vikentiy, Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi raisi, muftiy Albir Krganov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohim hazrat Inomov ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0