Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Gʻarb Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlab qoʻygan – Lavrov

© Sputnik / Russian Foreign Ministry / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sergey Lavrov Gʻarb mart oyidayoq Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlaganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Gʻarb 29 mart kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan Rossiya-Ukraina uchrashuvidan ikki kun oʻtib Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.
“Gʻarb Ukrainaga muzokaralar olib borishga ruxsat bermayapti. Ukraina ikki oy oldin bu masalani qanday hal etish borasida taklifini ilgari surgandi shekilli. Biz bu takliflarni asos qilib oldik. Bir kun oʻtib (delegatsiyalarning Istanbuldagi uchrashuvidan keyin – tahr.) Gʻarb ukrainaliklarga bu jarayonni davom ettirishni taqiqlab qoʻydi”, - dedi Lavrov “Serb Respublikasi radiosi va televideniyesi” teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
Rossiya vaziri shundan soʻng Ukraina tomonining pozitsiyasi jiddiy oʻzgarganini taʼkidladi.
“Ular oʻz pozitsiyalarini kuchaytirishdi, Buchada sahnalashtirilgani oydek ravshan boʻlgan provokatsiya uyushtirildi”, - dedi u.
Lavrov Ukraina avvalo AQSH va Buyuk Britaniyaning qoʻgʻirchogʻiga aylangani qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0