https://oz.sputniknews-uz.com/20220605/haj-ziyorati-25041021.html
Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlashganini tushuntirdi
Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlashganini tushuntirdi
Haj 2022 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga toʻlov miqdori 62,9 million soʻm etib belgilangan. Oʻzbekistonlik ziyoratchilar 18 iyun kuni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishni boshlaydi.
2022-06-05T18:01+0500
2022-06-05T18:01+0500
2022-06-05T18:01+0500
jamiyat
oʻzbekiston musulmonlari idorasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/08/01/14680532_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f4c9021a71c457cb68530209aedeae3c.jpg
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi haj ziyorati nega qimmatlashgani yuzasidan bayonot berdi.Haj-2022 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga toʻlov miqdori 62,9 million soʻm etib belgilangan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-soʻzlarga sabab boʻlmoqda. Taʼkidlanishicha, ayrimlar toʻliq asosga ega boʻlmagan maʼlumotlarni tarqatib, odamlarda norozilik kayfiyatini uygʻotishga urinishmoqda.Idora fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi turli asossiz va tagi yoʻq maʼlumotlarga chalgʻib qolmasliklari uchun ayrim maʼlumotlarni taqdim etgan.Qayd etilishicha, Saudiya hukumati haj safari narxiga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha soliq va majburiy toʻlovlar joriy qilgan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.Oʻzbekistonlik ziyoratchilar mavsumda birinchi marta Madina shahrida Masjidi Nabaviydan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli "Pullman Zamzam" va "Crowne Plaza" mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka shahrida esa "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida yashaydilar.Idora haj uchun toʻlangan mablagʻ ichiga nimalar kirishini batafsil sanab oʻtgan. Jumladan, aviareyslar, Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar, 24 soat tibbiy xizmat, ziyoratchilarning tibbiy sugʻurtasi, 24 soat transport xizmati, 3 mahal isiq ovqat va qurbonlik roʻyxatdan oʻrin olgan.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida mamlakat ziyoratchilari uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat koʻrsatishga erishgan va toʻlov uchun oʻrta narxni belgilagan.Idora ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangani eslatib oʻtgan.Oʻzbekistonlik ziyoratchilar 18 iyun kuni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishni boshlaydi. Joʻnash aviaqatnovlari 30 iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilar mamlakatning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan. Barcha reyslar toʻgʻridan-toʻgʻri Madina shahriga amalga oshiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/08/01/14680532_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f0b428389dfda2db7eb876cdf7e64c85.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlashganini tushuntirdi
Haj-2022 mavsumi 1 kishi uchun 62,9 million soʻmga tushishi koʻplab gap-soʻzlarga sabab boʻlmoqda.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi haj ziyorati nega qimmatlashgani yuzasidan
bayonot berdi. Haj-2022 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga toʻlov miqdori 62,9 million soʻm
etib belgilangan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-soʻzlarga sabab boʻlmoqda. Taʼkidlanishicha, ayrimlar toʻliq asosga ega boʻlmagan maʼlumotlarni tarqatib, odamlarda norozilik kayfiyatini uygʻotishga urinishmoqda.
Idora fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi turli asossiz va tagi yoʻq maʼlumotlarga chalgʻib qolmasliklari uchun ayrim maʼlumotlarni taqdim etgan.
Qayd etilishicha, Saudiya hukumati haj safari narxiga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha soliq va majburiy toʻlovlar joriy qilgan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.
Oʻzbekistonlik ziyoratchilar mavsumda birinchi marta Madina shahrida Masjidi Nabaviydan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli "Pullman Zamzam" va "Crowne Plaza" mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka shahrida esa "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida yashaydilar.
Safar davomiyligi ayrim qoʻshni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham narxlarga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Idora haj uchun toʻlangan mablagʻ ichiga nimalar kirishini batafsil sanab oʻtgan. Jumladan, aviareyslar, Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar, 24 soat tibbiy xizmat, ziyoratchilarning tibbiy sugʻurtasi, 24 soat transport xizmati, 3 mahal isiq ovqat va qurbonlik roʻyxatdan oʻrin olgan.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida mamlakat ziyoratchilari uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat koʻrsatishga erishgan va toʻlov uchun oʻrta narxni belgilagan.
Idora ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangani eslatib oʻtgan.
Oʻzbekistonlik ziyoratchilar 18 iyun kuni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishni boshlaydi. Joʻnash aviaqatnovlari 30 iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilar mamlakatning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan. Barcha reyslar toʻgʻridan-toʻgʻri Madina shahriga amalga oshiriladi.