Sport

Oʻzbekiston U-23 Osiyo kubogida Qatarni tor-mor etdi – video, foto

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Qatarni 6:0 hisobida yanchib tashladi va muddatidan avval chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik.Futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatining ikkinchi bosqichida gʻalabaga erishdi.
Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Qatarga qarshi boʻlib oʻtgan bahs 6:0 hisobida oʻzbekistonlik sportchilar foydasiga hal boʻldi.
Jasur Jaloliddinov 5-daqiqadayoq hisob ochdi. 20-daqiqada Xojimat Erkinov ikkinchi golga mualliflik qildi. Birinchi boʻlim oxirida Husayn Norchayev oʻz goli bilan oradagi farqni yanada kattalashtirdi.
Ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston jamoasi hisobiga yana uchta gol yozildi. 60-daqiqada Ulugʻbek Hoshimov toʻpni raqib darvozasiga joyladi. Keyin qatarlik Yusuf Ayman himoyalanish vaqtida toʻpni oʻz darvozasiga kiritib qoʻydi. Zaxiradan maydonga tushgan Ruslanbek Jiyanov darvozabonni dogʻda qoldirib, hisobni 6:0 ga yetkazishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Qatarni yirik hisobda magʻlub etib, muddatidan avval chorak finaliga yoʻl oldi. Jamoa oʻtgan turda Turkmanistondan ustun kelgan edi.
Terma jamoa 7 iyun kuni guruh bosqichining 3-turida Eron U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
1/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
2/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
3/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
4/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
5/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
6/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
7/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
8/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
9/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
10/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
11/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
12/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
13/14
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Uzbekistan razgromil Katar na Kubke Azii U-23 - Sputnik Oʻzbekiston
14/14
Yangiliklar lentasi
0