Rossiya

Putin Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalar yetkazib berish oqibatlaridan ogohlantirdi

© Sputnik / Mixail Mettsel Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoye foto
 Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya prezidenti Kiyevga uzoq masofaga uchadigan raketa yetkazib berilsa, Rossiya bundan xulosa chiqarishi va hozircha zarba berilmagan obʼyektlarga zarba berishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Agar Ukrainaga Amerikaning uzoq masofaga uchadigan raketalari yetkazib berilsa, Rossiya nima qilish kerakligini biladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Rossiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Kiyevga Amerikaning zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlarining yetkazib berilishi yoʻqotilgan Ukraina jangovar texnikasini oʻrnini toʻldirish bilan bogʻliq. Gap asosan 45-70 kilometrga uchadigan sovet va Rossiyaning “Grad”, “Smerch” va “Uragan”lari muqobili haqida bormoqda.
Putin maxsus harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina armiyasining taxminan 515 ta raketa tizimi boʻlgani, shulardan 380 tasi yoʻq qilinganini taʼkidladi.
Jurnalist Vashington Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalarni berishi mumkinligiga eʼtibor qaratdi.

“Agar ular yetkazib berilsa, biz bundan tegishli xulosa chiqaramiz va bizda yetarlicha boʻlgan nishonga olish vositalaridan biz hozircha zarba bermayotgan obʼyektlarga zarba berish uchun foydalanamiz”, - deya javob berdi Putin.

Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish atrofidagi ovoragarchilikning faqat bitta maqsadi bor – iloji boricha qurolli mojaroni choʻzish.
Avvalroq AQSH hukumati Kiyevga HIMARS raketalarini yetkazib berishini maʼlum qilgan edi. Vashington Ukraina hukumatidan Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun HIMARSdan foydalanmaslikka vaʼda berganini aytdi. Vladimir Zelenskiy bunday kelishuv mavjudligini oshkora tasdiqladi.
Ammo boshqa ukrainalik siyosatchilar Rossiya hududi boʻylab zarba berilishini inkor qilishmayapti. Kreml allaqachon Kiyevga ishonmay qoʻyganini taʼkidladi, chunki Zelenskiy Donbassdagi mojaroni tinchlik yoʻli bilan tartibga solish yuzasidan bergan vaʼdalarining birortasini ham bajarmagan.
Yangiliklar lentasi
0