Dunyoda

Turkmaniston hududi orqali Oʻzbekistondan tranzit yuklariga ruxsat berdi – shartlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGruzovыe mashinы v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse
Gruzovыe mashinы v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tranzit yuklari “Farap (Turkmaniston) – Olot (Oʻzbekiston)” nazorat-oʻtkazish punktlari orqali harakatlandi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. 2022 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar transport vositalariga Turkmaniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlariga ruxsat etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchilar quyidagi yoʻnalish boʻylab tranzit harakatlanadi: “Saraxs (Eron) – Saraxs (Turkmaniston)” – “Farap (Turkmaniston) – Olot (Oʻzbekiston)” – “Saraxs (Turkmaniston) – Saraxas (Eron)” nazorat-oʻtkazish punktlari.
© Foto: Mintrans UzbekistanaMarshrut po territorii Turkmenistana
Marshrut po territorii Turkmenistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2022
Marshrut po territorii Turkmenistana
Turkmaniston hududi boʻylab tranzit tashuv yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna)da harakatlanish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston va Eron chegarasidan 1 km masofada yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) tuziladi. Avtokolonna tuzish soat tonggi 8:00 dan boshlanadi.
Ular yoʻl politsiyasi maxsus mashinalari kuzatuvi ostida harkatlanadi. Harakat davomida haydovchilarga toʻxtash va avtotransport vositasi kabinasidan chiqish taqiqlanadi.
Harakat davomida nosozlik yoki boshqa muammo yuzaga kelgan taqdirda tegishli transport vositasi jamlanmadan ajratiladi. Bunday vaziyatda ichki ishlar organlari hodimlari Turkmaniston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda yuzaga kelgan muammoni hal qilishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Turkmaniston boʻylab tranzit yuklarini tashishda quyidagi talab va shartlarga rioya etish kerak:
xorijiy davlatlar transport vositalari haydovchilari Turkmaniston davlat chegarasini kesib oʻtishda tranzit tashuvini amalga oshirish jarayonini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni maxsus sanitar ishlovdan oʻtkazish uchun taqdim etishlari shart;
belgilangan tartibda avtotransport vositalari sanitar tozzalashdan oʻtkaziladi;
chegaradan oʻtishda PZR usuli bilan COVID-19 ga test sinovidan oʻtganligi haqida maʼlumotnoma (davlat chegarasidan oʻtishdan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda), koronavirusga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikat (oxirgi emlash sanasidan 42 kundan kam boʻlmagan muddatda) taqdim etilishi shart;
nazorat-oʻtkazish punktida COVID-19 uchun ekspress-testdan oʻtish.
Yangiliklar lentasi
0