Jamiyat

Gʻalla yetishtiruvchilardan ortiqcha don talab qilish taqiqlanadi - Bosh prokuratura

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishUborka pshenitsы v Krasnodarskom kraye
Uborka pshenitsы v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻrim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq gʻalla don korxonalariga topshirilgan.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda gʻalla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi. Ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan toʻliq nazoratga olingan. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Murodilla Abduhakimov maʼlum qildi.
“Gʻalla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari ortiqcha umuman don talab qilinishiga toʻliq chek qoʻyilib, ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan toʻliq nazoratga olindi”, - deya taʼkidladi Abduhakimov.
Unga koʻra, oʻrim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq gʻalla don korxonalariga topshirilgan. Gʻallaning bir kilogrammi dastlabki narx sifatida 3 ming soʻmdan qabul qilinmoqda. Kelgusida birja narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu narxga yana qoʻshimcha haq toʻlab beriladi.
Hozirga qadar, gʻalla yetishtiruvchilarga 146 mlrd soʻmlik mablagʻ toʻlab berilgan.
Bundan tashqari, oʻtgan yillardan qolgan don qoldigʻi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, ikkita don korxonasida aniqlangan kamomad boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq, Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari boshlangani haqida xabar bergan edi.
Maʼlumot uchun, bu yil respublikada 1 mln 32 ming gektar sugʻoriladigan maydonlarda boshoqli don ekildi. Ushbu maydonlardan 7,8 mln tonna yoki oʻtgan yilga nisbatan qoʻshimcha 1,1 mln tonna koʻp don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0