https://oz.sputniknews-uz.com/20220606/mirziyoev-qozogiston-prezidentini-referendum-muvaffaqiyatli-otkazilgani-bilan-qutladi-25071569.html
Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan qutladi
Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan qutladi
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. 06.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-06T17:46+0500
2022-06-06T17:46+0500
2022-06-06T17:46+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qasim-jomart toqayev
referendum
qozogʻiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/03/23120583_0:108:3248:1935_1920x0_80_0_0_cc7af77a51de1ac19c5f0a5d54deee6d.jpg
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutlagan.Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-taʼlim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.Eslatib oʻtamiz, 5 iyun kuni Qozogʻistonda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga oid referendum boʻlib oʻtdi. Saylovchilarning 77,18 foizi oʻzgartirish kiritishni yoqlab ovoz bergan. Shu tariqa, respublika Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga 50 tadan ziyod oʻzgartirish kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, ular Qozogʻistonni superprezidentlik respublikasidan kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga oʻtkazishni nazarda tutadi.
qozogʻiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/03/23120583_262:0:2986:2043_1920x0_80_0_0_836cd28bf2a8e7a90cd61c47691f099b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, referendum, qozogʻiston
Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan qutladi
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutlagan.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-taʼlim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 5 iyun kuni Qozogʻistonda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga oid referendum
boʻlib oʻtdi. Saylovchilarning 77,18 foizi oʻzgartirish kiritishni yoqlab
ovoz bergan. Shu tariqa, respublika Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga 50 tadan ziyod oʻzgartirish kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, ular Qozogʻistonni superprezidentlik respublikasidan kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga oʻtkazishni nazarda tutadi.