O‘zbek kurashchilari Qozog‘istonda 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichVolnaya i greko-rimskaya borba, arxivnoe foto
Volnaya i greko-rimskaya borba, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoa vakillari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medalga ega bo‘lishdi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida sport kurashlari bo‘yicha reyting musobaqasi yakunlandi. Unda o‘zbek kurashchilari 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jahon va Olimpiada chempionlarini o‘zida jamlagan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoa vakillari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medalga sazovor bo‘lishgan.
Terma jamoa tarkibida -67 kg vazn toifasida “klassik” kurashchi Abror Atabayev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Yunon-rum kurashi
Oltin medal:
-67 kg: Abror Atabayev.
Bronza medal:
55 kg: Jasurbek Ortiqboyev,
60 kg: Muhammadqodir Yusupov,
72 kg: Mahmud Baxshilloyev,
87 kg: Jalgasbay Berdimuratov,
97 kg: Rustam Assakalov.
Ayollar kurashi
Kumush medal:
-50 kg: Jasmina Immayeva,
-55 kg: Shohida Ahmedova.
Bronza medal:
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva,
-57 kg: Laylo Sobirova,
-65 kg: Ariuxan Jumabayeva.
Erkin kurash
Kumush medal:
-65 kg: Abbos Rahmonov.
Bronza medal:
-65 kg: Umidjon Jalolov,
-70 kg: Zafarbek Otaxonov,
-97 kg: Magomed Ibragimov,
-86 kg: Bobur Islomov.
Yangiliklar lentasi
0