Jamiyat

Oʻzbekistonlik artistlar Moskvada xalqaro balet tanlovida ishtirok etmoqda

© Depositphotos / BezikusRepetitsiya balerin v pachkax
Repetitsiya balerin v pachkax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskvadagi xalqaro balet tanlovi dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri boʻlib, u koʻpincha balet yoʻnalishidagi Olimpiya oʻyinlari deb ataladi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri solistlari Doston Turgʻunov va Lola Isoqova Moskvada boʻlib oʻtayotgan XIV xalqaro balet sanʼatkorlari tanlovida Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga teatrning xalqaro boʻlimi maʼlum qildi.
Moskvadagi xalqaro balet tanlovi dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri boʻlib, u koʻpincha balet yoʻnalishidagi Olimpiya oʻyinlari deb ataladi.
Bu yil mazkur koʻrik tanlov Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi xalq artisti, Rossiya davlat akademik katta teatrining xoreografi, badiiy rahbar va tanlov hakamlar hayʼati raisi Yuriy Grigorovichning 95 yoshli yubileyiga bagʻishlandi.
Ochilish marosimida Yuriy Grigorovich tanlov ishtirokchilariga videomurojaat qilib, ishtirok etganii uchun minnatdorlik bildirdi va chiqishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Katta teatrning tarixiy sahnasida oʻtkazilgan marosimda mehmonlar afsonaviy Yuriy Grigorovichning “Spartak” baletini tomosha qilish imkoniga ega boʻldi.
Joriy yilda tanlovga 340 dan ortiq ariza topshirilgan boʻlib, ulardan 112 nafar eng yaxshi ijrochi saralab olindi.
XIV xalqaro balet tanlovi 11 iyun kuni yakunlanadi. Shu kunga qadar 22 davlat vakillari sahnada oʻz sanʼatini namoyish etadi.
Maʼlumot uchun, 15 martdan 15 maygacha Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Xalqaro teatr va balet festivalini tashkil qilmoqda.
Unda Moskva “Sovremennik” teatri, Moskva zamonaviy pyesa maktabi teatri, Xalqlar teatri, A.P. Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri, Boris Eyfmanning Sankt-Peterburg davlat akademik balet teatri, Alisher Navoiy nomidagi DAKT, Hamza nomidagi Oʻzbek Milliy drama teatri, Mark Vaylning “Ilhom” teatri, shuningdek Oʻzbekiston yoshlar teatri ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0