Qo‘qonlik talabalar Rossiyada amaliyot o‘tamoqda

© Muxiddin AliV Tashkent privezli Kubok chempionata mira po futbolu FIFA
V Tashkent privezli Kubok chempionata mira po futbolu FIFA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar 15-iyunga qadar budjet tizimi, sug‘urta, investitsiya, psixologiya va boshqa fanlar bo‘yicha yangi bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qo‘qon davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari Gavhar Rajapova boshchiligida Rossiyaning Qozon Federal unuversiteti Yelabuga filialida amaliyot o‘tamoqda. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘qonlik talabalarni Yelabuga instituti direktori Elena Merzon qabul qildi. Uchrashuvda Elena Merzon ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Irina Mixaylova talabalarga Yelabuga instituti tarixi, kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari, shuningdek, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari bilan batafsil tanishtirdi.
Talabalar 15-iyunga qadar budjet tizimi, sug‘urta, investitsiya, psixologiya, raqamli ta’lim, dizayn va ta’lim jarayonlarini amalga oshirish, ta’lim tashkiloti faoliyatining meyoriy-huquqiy asoslari hamda boshqa fanlar bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, ular tashrif yakuniga qadar institutning moddiy-texnik bazasi, Tataristonning madaniy poytaxti tarixi va buguni, Marina Tsvetayeva uy-muzeyi bilan yaqindan tanishadi. Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Sabantuy” bayramida ishtirok etishlari ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha 25 nafar prorektori Qozon Federal universiteti qoshidagi malaka oshirish kurslariga yuborilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0