Hodisalar

Samarqanddagi oziq-ovqat doʻkonlarida yirik yongʻin sodir boʻldi – video

Goryaщeye zdaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yongʻin oqibatida 3 ta oziq-ovqat doʻkonlarining taxminan 70 kvadrat metr maydonda tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi oziq-ovqat doʻkonlarida 5 iyun kuni yongʻin sodir boʻldi.
Viloyat FVBning aniqlik kiritishicha, tumanning “Sari bozor” MFYda joylashgan oziq-ovqat doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisidagi xabar soat 20:21 da kelib tushgan.
Voqea joyiga 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yongʻinga soat 20:35 da yetib borgan va soat 22:10 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida 3 ta oziq-ovqat doʻkonlarining taxminan 70 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻqligi aytilmoqda.
Tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0