Sanksiyalar Ukraina inqirozini hal qila olmaydi – Xitoy TIV

© AFP 2023 / GREG BAKERChjao Liszan
Chjao Liszan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Chjao Liszanning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar bosimining yanada kuchayishi bilan Yevropa mamlakatlari aholisi inflyatsiya hamda ishsizlik kabi yangi muammolarga duch keladi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiyaga qarshi kiritilayotgan yangidan-yangi sanksiyalar Ukrainadagi vaziyatni yumshatmayapti, aksincha Yevropa va butun dunyo buning uchun katta tovon to‘lamoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Liszan dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ta’kidladi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Faktlar sanksiyalar Ukraina inqirozini hal qilishning to‘g‘ri yo‘li emasligini isbotlayapti. Ayrim davlatlar tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan keng ko‘lamli sanksiyalar Ukrainadagi vaziyatni zarracha yumshatgani yo‘q, aksincha, buning uchun Yevropa va dunyo tovon to‘lamoqda”, - dedi diplomat Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarining oltinchi paketini sharhlar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar bosimining yanada kuchayishi bilan Yevropa mamlakatlari aholisi inflyatsiya hamda ishsizlik kabi yangi muammolarga duch keladi, dunyo esa energetika va oziq-ovqat inqirozini boshdan kechiradi.
Avvalroq, Rossiyaning Xarbindagi bosh konsuli Vladimir Oshepkov Rossiya va Xitoy kompaniyalari birga G‘arb sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash choralini izlayotganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, YeI 3-iyun kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi to‘plamini tasdiqladi. To‘plam Rossiya nefti va neft mahsulotlari importiga qisman taqiq qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga qisman taqiq joriy etishi butun dunyo energetika bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0