Video

Ukraina harbiylari chekinish oldidan minglab tonna donni yoqib yuborishdi - video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina harbiylari chekinish oldidan Mariupol portida saqlanayotgan minglab tonna bugʻdoy va makkajoʻxorini yoqib yuborishdi - DXR rasmiylari.
TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. Ukraina qoʻshinlari Mariupol dengiz porti omborlarida saqlanayotgan tonnalab bugʻdoyni yoqib yuborishdi, deb xabar qilmoqda Donetsk Xalq respublikasi hukumati rahbari maslahatchisi Yan Gagin.
RIA Novosti muxbiri Mariupol shahar portiga tashrif buyurib u yerda saqlanayotgan katta miqdordagi bugʻdoyning yaroqsiz holga keltirilganining guvohi boʻldi.

"Mariupol porti hududida katta miqdordagi don saqlanayotgan edi, bu ham makkajoʻxori donasi, ham bugʻdoy. Hozirgi damda hidi va tashqi koʻrinishiga koʻra, uning aksariyati foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgan. Dushman portdan chekiayotgan vaqtida don omborlariga oʻt qoʻygan. Maqsad ushbu don mahsulotlari Donetsk Xalq Respublikasi qoʻliga tushmasligi va undan hech qanday uslubda foydalana olmasligi uchun. Yongʻinni bir necha kun davomida oʻchirishga harakat qilishdi, lekin foyda boʻlmadi, - dedi Gagin.

- Endi undan hatto chorva ozuqasi uchun ham foydalanishning iloji yoʻq", - deydi DXR hukumati rahbari maslahatchisi.
Jurnalistlar suratga olgan kadrlarga koʻra, ayrim temir ombor devorlari vayron boʻlgan, yerda uyum-uyum kuygan don, havoda kuyish va chirish hidi bor.
elevatorist.com sahifasida keltirilshiga koʻra, ushbu omborxona toʻliq yuklanganda 57000 tonna don mahsulotlarini sigʻdira oladi.
Maʼlumot uchun, BMT ushbu yilda gʻalla taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi tahdidini haqida qayta-qayta ogohlantirgan edi. Gʻarb davlatlari bunda darhol Rossiyani ayblashga shoshilishdi. Goʻyoki Rossiya Ukraina donini jahon bozorlariga yetkazib berishga toʻsqinliq qilayotgan emish. Moskva bunday bayonotlarni qatʼiyan rad etib, Rossiya tomonidan don eksportiga hech qanday toʻsiq yoʻqiligini taʼkidlashdi. Shu bilan birga, Kiyev tomoni donni eksport qilish uchun koʻplab toʻsiqlarni yaratdilar: harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina qoʻshinlari Qora dengizni minalashtirishdi, keyinchalik, minalar trosdan uzilib dengizga erkin suzishga chiqib ketdi va hozirgi zamonda Qora dengizdagi har qanday kemaga xavf solmoqda. Ularning kamida iiktasi Turkiya qirgʻoqlari yaqinida topib zararsizlantirilgan edi. Ukraina Odessa portidan xorijiy kemalar chiqishiga toʻsqinlik qilishining yana bir sababi - Kiyev xorijiy kemalar chiqib ketganidan soʻng Rossiya u yerga zarba berishidan qoʻrqadi.
Yangiliklar lentasi
0