Ukraina harbiylari texnikani tashlab Svyatogorskdan qochib ketishdi
20:56 06.06.2022 (yangilandi: 21:04 06.06.2022)
© Sputnik / Ilya PitalevOfitsialnыy predstavitel ministerstva oboronы RF general-mayor Igor Konashenkov

© Sputnik / Ilya Pitalev
Rossiya Mudofaa vazirligi: ukrainalik millatchilar otryadi Severskiy Donetsk daryosi ustidagi koʻprikni portlatib yubordi
TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkovning maʼlum qilishicha, toʻsiq boʻlinmalari vazifasini bajaruvchi ukrainalik millatchi tuzilmalar Ukraina qurolli kuchlarining Svyatogorskdan chekinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Severskiy Donetsk daryosi ustidagi koʻprikni portlatib yuborgan.
“Rossiya boʻlinmalarining hujumi ostida Ukraina Qurolli Kuchlarining 95-havo-desant-zarba brigadasi va 81-alohida aeromobil brigadasi batalonlarining qoldiqlari qurol-yarogʻ bilan birga harbiy texnikani tashlab, qirgʻoq boʻylab tarqalib ketdi”, dedi general.
Unga koʻra, sakson nafargacha ukrainalik harbiylar daryodan suzib oʻtgan, Rossiya va DXR harbiylari ularga ataylab oʻt ochmagan.
“Biz ukrainalik harbiy xizmatchilarning millatchilar boshchiligidagi Kiyev rejimini himoya qilishdan bosh tortishini qoʻrqoqlik emas, yagona toʻgʻri qaror deb bilamiz”, - deb taʼkidladi Konashenkov.
Shuningdek, u Ukrainaning barcha harbiylari va hududiy mudofaa boʻlinmalari aʼzolarini ushbu oʻrnak olishga va “jonlarini saqlab qolish uchun oʻylamay qarshilik koʻrsatishni” toʻxtatishga chaqirdi. Rossiya Qurolli kuchlari, oʻz navbatida, ixtiyoriy ravishda qurolini tashlaganlarning barchasiga hurmat bilan munosabatda boʻlish va oilalari bagʻriga qaytishni kafolatlaydi, deya qoʻshimcha qildi Mudofaa vazirligi vakili.
Konashenkov aytishiga koʻra, rus armiyasi Svyatogorsk va uning atrofidagi hududlarni ozod qilishning yakuniy bosqichiga oʻtgan.
Svyatogorsk (2003 yilgacha Slavyanogorsk) Donetsk Xalq Respublikasining shimoliy qismida, Rossiya harbiylari nazorati ostidagi Xarkov viloyati Izyum shahri janubi-sharqiy yoʻnalishida 40 kilometr masofada joylashgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.