Xivadagi Pahlavon Mahmud xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi

© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligiPahlavon Mahmud xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi
Pahlavon Mahmud xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Pahlavon Mahmud nomidagi II xalqaro bahodirlar turnirida Eron, Yangi Zelandiya va Rossiya davlatlaridan kelgan sportchilar g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Pahlavon Mahmud nomidagi II xalqaro bahodirlar turnirining g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqalarida 14 ta davlatning 16 nafar polvoni asosiy sovrin uchun kuch sinashdi.
Ular 2 kun davomida milliy naqshli ustunlarni ko‘tarish va ushlab turish, og‘ir toshlarni ustunlarga o‘rnatish, mevalar bilan to‘ldirilgan aravani ko‘tarish, poyezd lokomotivini 20 metrga tortish kabi shartlarni bajarishdi.
Turnirning g‘olib va sovrindorlari:
1. Rizo Qitosiy (Eron)
2. Rongo Kin (Yangi Zelandiya)
3. Potr Martinenko (Rossiya)
Turnirning 1-o‘rin g‘olibiga 5 ming 2- o‘ringa 3 ming va 3- o‘ringa ming dollar pul mukofotlari topshirildi.
© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligiPahlavon Mahmud xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi
Pahlavon Mahmud xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Pahlavon Mahmud xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0