Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Chekinayotgan millatchilar yogʻoch monastirni yoqib yuborishdi - Rossiya MV

© TOP novosti Donetska Svyatogorskaya lavra
Svyatogorskaya lavra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina qoʻshinlari muqaddas tarixiy yodgorlik hududida artilleriya qurollari joylashtirib. mustahkamlangan himoya punktiga aylashtirishga mahalliy aholi qarshilik qilgan.
TOSHKENT, 7 iyun - Sputnik. Ukraina millatchilari chekinish oldidan yogʻoch monastirni yoqib yuborishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiya qoʻshinlari tomonidan ozod qilingan Svyatogorsk shahri aholisi va mahalliy monastir rohiblari guvohlik qilishiga koʻra, Ukraina millatchi kuchlari 5 iyul kuni shaharni tark etish vaqtida 2009 yilda yogʻochdan qurilgan monastirni yoqib yuborishgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2 iyun kuni Svyatogorsk shahri janubiy qismida joylashgan "Svyatogorskaya lavra" tarixiy-arxitektura majmuasiga Ukraina harbiylari kelishgan. Ular baland qirgʻoqda joylashgan ushbu tarixiyo yodgorlik hududida artilleriya qurollarini joylashtirish boʻlgan.
Maqsad – qarama-qarshi qirgʻoqda joylashgan Rossiya qoʻshinlarini oʻqqa tutish uchun qulay pozitsiyani egallash. Ikkinchidan esa – Rossiya zarba bermasligi aniq boʻlgan tarixiy yodgorlik hududida joylashib olish boʻlgan.
Ukraina harbiylarning bunday surbetligi mahalliy aholining keskin noroziligiga sabab boʻlgan. Ular harbiylardan muqaddas yodgorlik hududini tark etishni talab qilishgan.
© TOP novosti Donetska Svyatogorskaya lavra
Svyatogorskaya lavra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Svyatogorskaya lavra
4 iyun kuni shaharning aksariyat qismida oʻz pozitsiyalaridan mahrum boʻlgan Ukraina harbiylari chekinishga majbur boʻlishadi va ketish oldidan 5 iyun kuni yirik kalibrli pulemyotdan yondiruvchi oʻqlar bilan 2009 yilda qurilgan yogʻoch monastirni yoqib yuborishadi.
Bu ham yetmagandek, mahalliy aholi va monaxlar uni oʻchirmoqchi boʻlganda, qoʻrqitish uchun ularga qarata oʻt ochishadi.
Mudofaa vazirligi alohida taʼkidlashiga koʻra, Svyatogorsk shahrini egallash vaqtida u yerdagi tarixiy obida – Svyatogorsk lavrasiga hech qanday zarar yetkazilmagan. Bunga ushbu majmuaning bugun suratga olingan videotasviridan kuzatiz mumkin, deyilgan vazirlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaning tarixiy yodgorliklarini yoʻq qilayotgani haqida jar solgan va Rossiyani YUNESKOdan chiqarib tashlashni talab qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0